Bozorlarda terminallar ko‘paymoqda

09.12.2009

Mamlakatimizda to‘lovlarni plastik kartochkalar orqali amalga oshirish tizimi tobora rivojlanmoqda. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida joylarda faoliyat olib borayotgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida, jumladan, dehqon bozorlarida terminallar ko‘paytirilmoqda.

“Toshbozortayyorlovsavdo” uyushmasidan ma’lum qilishlaricha, joriy yilda Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan 12 dehqon bozorining savdo- xarid korxonalariga qarashli rastalarga o‘ttizdan ortiq terminal o‘rnatilgan. Bu esa plastik kartochka orqali kartoshka, piyoz, sabzi va boshqa mahsulotlarni sotib olish va sotish imkonini bermoqda.

– Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari sotilayotgan bozorimizdagi savdo shoxobchalariga to‘rtta terminal o‘rnatilgan, – deydi “Farhod dehqon bozori” ochiq aksiyadorlik jamiyati savdo-xarid korxonasi rahbari Bahodir Saidov. – Mamlakatimizda plastik kartochka orqali hisob-kitob qilish tizimi rivojlanib borayotganini hisobga olgan holda yangi, 2010 yilda ularning sonini keskin ko‘paytirish rejalashtirilgan.


X.Salimov.

Источник: O‘zA

Похожие новости
“Ўзсаноатқурилишбанк”нинг махсус бўлими очилди

09.09.2019

“Ўзсаноатқурилишбанк”нинг махсус бўлими очилди

Muvaffaqiyatli mikromoliyalash kaliti: yanada yaxshi natijalarga erishish uchun boshqarish san`ati

14.02.2011

Muvaffaqiyatli mikromoliyalash kaliti: yanada yaxshi natijalarga erishish uchun boshqarish san`ati

Муваффақиятли микромолиялаш калити: янада яхши натижаларга эришиш учун бошқариш санъати

11.02.2011

Муваффақиятли микромолиялаш калити: янада яхши натижаларга эришиш учун бошқариш санъати



Система Orphus