Kredit uyushmalar faoliyatini takomillashtirishga doir davra suhbati

21.04.2010

Toshkentda Respublika Markaziy  banki texnik hamkorlik bo'yicha Germaniya jamiyatining Markaziy Osiyoda mikromoliyalashni rivojlantirishga ko'maklashish mintaqaviy dasturi bilan birgalikda O'zbekistonda kredit uyushmalari faoliyatini yanada rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan  davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur anjumanda Markaziy bank, Kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari milliy Assotsiatsiyasi, Kredit uyushmalari Assotsiatsiyasi, shuningdek respublikadagi kredit tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida kredit tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni takomillashtirish masalalari bo'yicha GTTs dasturi doirasida taklif etilgan xalqaro ekspert Sigitas Bubnis ham qatnashdi.

O'zbekistonda Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 8 iyundagi 114-sonli qarori bilan tasdiqlangan respublikada 2010 yilga qadar mikromoliyalashni rivojlantirish dasturining ijrosi natijasida bugunga kelib, kredit uyushmalari soni 110 taga, ularning aktivlari 249.3 mlrd. so'mga, mijozlari soni 171.9 mingga etdi.

Kredit uyushmalari aktivlari va mijozlarining oshishi bilan hozirgi paytda, Markaziy bank oldida turgan boshqa vazifalar qatorida kredit uyushmalari mijozlari - jamg'armachilari manfaatlarini himoya qilish va kredit uyushmalari faoliyatida ehtimoliy tavakkalchiliklar oldini olish dolzarb masala bo'lib qolmoqda.

Kredit uyushmalari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni takomillashtirish borasida bo'lib o'tgan muzokaralar chog'ida ularning mijozlarini himoya qilish va ehtimoliy tavakkalchiliklarning oldini olish maqsadida, kredit uyushmalari faoliyatini masofadan turib nazorat qilishni takomillashtirish hamda kredit uyushmalarida jamg'armalarni kafolatlash tizimini tashkil etish masalalari muhokama etildi.

Samimiy va o'zaro tushunish ruhida o'tgan davra suhbatida kredit uyushmalari vakillari o'zlarini qiziqtirgan boshqa masalalarda ham tegishli javoblar olishga erishdi.

Похожие новости
“Ўзсаноатқурилишбанк”нинг махсус бўлими очилди

09.09.2019

“Ўзсаноатқурилишбанк”нинг махсус бўлими очилди

Muvaffaqiyatli mikromoliyalash kaliti: yanada yaxshi natijalarga erishish uchun boshqarish san`ati

14.02.2011

Muvaffaqiyatli mikromoliyalash kaliti: yanada yaxshi natijalarga erishish uchun boshqarish san`ati

Муваффақиятли микромолиялаш калити: янада яхши натижаларга эришиш учун бошқариш санъати

11.02.2011

Муваффақиятли микромолиялаш калити: янада яхши натижаларга эришиш учун бошқариш санъати



Система Orphus