MTM-Bank:
MTM-Front-ofis
MTM-MBX
Texnologik Platforma 1
Moliyaviy Texnologiyalar Markazi Kompaniyasi haqida
Moliyaviy Texnologiyalar Markazi (MTM) – Rossiyaning axborot texnologiyalari bo‘yicha kompaniyasi bo‘lib, RF va MDH moliya bozorining ishtirokchilari uchun yechimlar provayderidir.
MTM bozorda 1991 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Kompaniyaning vakolatxonalari Moskvada (Marketing va savdo markazi), Novosibirskda (Bosh ishlab chiqish markazi), Sankt-Peterburgda, Yekaterinburgda, Rostov-na-Donuda, Almatida (Osiyodagi vakolatxona), Kishinyovda (Sharqiy Yevropadagi vakolatxona) joylashgan. RFning yetakchi iqtisodiy mintaqalarida MTMning 17 ta Ishlab chiqish markazlari faoliyat yuritmoqda.
Kompaniyalar Guruhi xodimlarining soni 2200 nafar kishidan ziyoddir.
MTM KGning mahsulotlar to’plami bank faoliyatining barcha turlarini amalga oshirish hamda moliyaviy tashkilotlarning to‘lov bozorida ishtiroki uchun mahsulotlardan iborat.
MTM Rossiya bozorida faoliyat yurituvchi eng yirik Dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar orasida yuqori beshlik (TOP-5) qatoriga qiradi, shuningdek, RFning «TexUspex» yuqori texnologiyali kompaniyalar reytingida yuqori o‘nlik (TOP-10) safidan o‘rin olgan.
RF va MDHning 500 ortiq banklari MTM dasturiy mahsulotlari va xizmatlaridan foydalanadilar: RFning Jamg‘arma banki, Gazprombank, «Vozrojdeniye», «ROSSIYA» banki, «Bank Sankt-Peterburg», «Yevrofinans Mosnarbank», «Rosgosstrax Bank», «UralSib» Banki, «Petrokommers» banki, «TRAST» Milliy banki, «NOMOS Bank», «MDM Bank», «Otkritiye» Banki, «Svyaznoy Bank», «Vostochniy Ekspress Bank», «Natsionalniy rezervniy bank», «Finansovo-promishlenniy kapital» Banki, «BKS Bank», «RESO Kredit» Banki, «Nordea Bank», Standart Bank va boshqalar.
Kompaniya MDH davlatlari bozorida faol ishlamoqda hamda tayyor yechimlari RF hududidan tashqarida ham keng ishlatilayotgan rossiyalik ishlab chiquvchilar orasida yetakchilik qiladi.
MTMning MDH davlatlaridagi mijozlari:
Belorussiya
Qozog‘iston
Qirg‘iziston
Tojikiston
Moldova
Ozarbayjon
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belorussiya, Moldova va Tojikiston bozorlari uchun MTM ushbu mamlakatlarning Milliy Banklari talablariga muvofiq keluvchi MTM-Bank (Platforma 1), MTM-Riteyl bank (Platforma1), MTM-Riteyl bank (Oracle asosida), MTM-Front-ofis, MTM-MBX tizimlarining mamlakatlar bo’yicha tarqatmalarini ishlab chiqdi va rivojlantirmoqda.
MTM-Bank (Plaftorma 1) Bank axborot majmuasi – banklar faoliyatini majmuaviy avtomatlashtirish uchun yechimdir.
MTM-Bank Dasturiy majmuasi zamonaviy bank ishining yuqori standartlariga to‘liq javob beradi hamda Rossiya va MDH davlatlaridagi eng yirik moliyaviy tashkilotlarida foydalaniladi.
MTM-Bank unumdorligining ko‘rsatkichlari:
Unumdorlikning yuqori hajmlari biznesni kengaytirish mobaynida qo‘shimcha server uskunasini ulash imkonini beruvchi tizimning samarali va ko‘lamlashtiriladigan arxitekturasi hisobiga erishiladi.
MTM-Bank quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bank ishining qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydilar:
MTM-Bank tizimi moliyaviy tashkilotlarga quyidagilarni ta’minlab beradi:
Yangi axborot platformasidan sanoatda foydalanish uchun tezkor ishga tushirish – MTM texnologik yechimlarining bozordagi eng muhim ustunliklaridandir.
Turli ko‘lamlar va ixtisoslashuvlardagi banklarda joriy etish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ko‘p yillik tajriba MTMga tizimni o‘rnatish va sanoatda foydalanish uchun uni ishga tushirishning samarali uslubiyatini ishlab chiqishga imkon berdi.
Joriy etish loyihasi bosqichlari:
Dasturiy mahsulotlarni joriy etish MTM mutaxassislari, sertifikatlangan sheriklarning loyihaviy jamoalari yoki maxsus o‘qitishdan so‘ng bankning IT-jamoalari kuchlari bilan amalga oshirilishi mumkin.
Joriy etish loyihasida bank mutaxassislarining ishtiroki darajasiga qarab MTM quyidagi joriy qilish variantlarini taklif etadi:
4.1 Loyiha Direktori – Bank uchun kerakli bo‘lgan barcha Mahsulotlarni o‘z vaqtida ishga tushirish bo‘yicha javob beruvchi MTM tomonidan tayinlangan Loyiha rahbari.
4.2 Subloyiha sherik direktori – muayyan moliyaviy Mahsulotni ishga tushirish bo‘yicha Bank tomonidan tayinlangan subloyiha rahbari, tegishli Mahsulotni Bankda ishga tushirish parametrlari va sanasini belgilash bo‘yicha javob beradi. Odatda, bu Bankning biznes yo‘nalishi rahbari bo‘lib, u jalb etish, joylashtirish, mijozlar soni, marja va hokazo hajmlarda ifoda etilgan biznes rejalarga ega.
4.3 Subloyiha muvofiqlashtiruvchisi – muayyan Moliyaviy Mahsulotni ishga tushirish bo‘yicha MTM tomonidan tayinlangan subloyiha rahbari, tegishli Moliyaviy Mahsulotning o‘z vaqtida ishga tushirilishiga javob beradi. Moliyaviy Mahsulotni ishga tushirish bo‘yicha MTM Loyihaviy guruhi mutaxassislarining ishini muvofiqlashtiradi.
Har bir subloyiha amalga oshirilishi davomida, har haftada, MTM tomonidan Loyiha Direktori va Bank tomonidan subloyiha sherik direktori o‘tgan hafta mobaynidagi ishlar natijalarini qayd etadilar va keyingi hafta uchun ishlar rejasini (Mahsulotni ishga tushirishning ustuvor vazifalariga muvofiq ravishda) tasdiqlaydilar.
MTM–Front-ofis – yuridik va jismoniy shaxslarga kredit mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha biznes jarayonlarni texnologik qo‘llab-quvvatlash uchun dasturiy yechim: kredit buyurtmalarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, kredit bitimlarini tuzish va kuzatish.
MTM-Front-ofis – kredit buyurtmalarini ishlash bo‘yicha samarali IT-vosita.
MTM-Front-ofis har qanday kredit tashkilotiga to‘g‘ri keladi, chunki jarayonni sozlash va moslashtirishning qayishqoq mexanizmiga ega: arizalar shakllari, arizalarni tekshirish jarayoni, hujjatlar andazalari. Yechim har qanday ABT bilan integrallashadi.
MTM–Front-ofis Dasturlar Majmuasi Bank kredit biznesining quyidagi yo‘nalishlari avtomatlashuvini ta’minlaydi:
MTM Front-ofis Dasturlari majmuasining umumiy funksional imkoniyatlari:
Bo‘lg‘usi qarzdor haqida uning to‘lov salohiyatini baholash maqsadida ishonchli ma’lumot olish kreditlash jarayonining ajralmas qismidir. MTM-Front-ofis Bankka qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni tekshirish tizimini avtomatlashtirish hamda uning kredit salohiyatini hisoblab chiqish imkonini beradi.
Dastur turli yo‘nalishlar bo‘yicha kredit buyurtmasining tekshirilishini tashkillashtirish imkonini beradi, misol uchun, xavfsizlik xizmati, anderrayting va boshqalar.
Funksional yordamida quyidagilarni bajarish mumkin:
Bank uchun afzalliklar:
MTM-Front-ofisning New Business Strategy Manager (NBSM) professional skoring tizimi bilan integrallashuvi hisobiga Bank har bir qarz oluvchi bo‘yicha iloji boricha to‘liq tasavvurni hosil qilish, qabul qilinayotgan qarorlar sifatini oshirishga, demak-ki kredit portfelining ham, kredit va amaliy xatarlar darajasini pasaytirish imkoniga ega bo‘ladi.
NBSM tizimidan kelib tushayotgan ma’lumotlar Bank kreditni rasmiylashtirishi paytida unga xatarlarni to‘g‘ri baholash, tezkor qarorlarni qabul qilish va har bir muayyan mijoz bilan ishlashdan keladigan bo‘lg‘usi mahsuldorlikni to‘g‘ri aniqlash imkonini beradi.
MTM-Front-ofisning NBSM tizimi bilan integrallashuvi qarz oluvchilarni baholashning ekspertlik modelidan statistika ma’lumotlariga asoslangan ehtimoliy-statistika modeliga o‘tishga imkon beradi.
MTM-Front-ofisda eng yirik milliy KTBlar - KTMB, «Ekvifaks Kredit Servisiz» va «Eksperian-Interfaks»dan ma’lumotlar olish imkoniyati amalga oshirilgan.
Bankning KTB bilan o‘zaro aloqasi bo‘lg‘usi qarz oluvchining kredit tarixi haqidagi to‘liq va ishonchli hisobot tezkor ravishda olinishini ta’minlaydi.
Bank uchun imkoniyatlar:
KTB bilan o‘zaro aloqa uchun Dasturlardan foydalanish Bank o‘z ishini qonunchilikning barcha talablariga to‘liq muvofiqlashtirilgan holda tashkillashtirishiga hamda chakana va korporativ kreditlash xatarlarini kamaytirishiga imkon beradi.
Hujjat aylanishini texnologik qo‘llab-quvvatlash qismida mijozga bank kredit mahsulotini taqdim etish jarayonida rasmiylashtirilgan qog‘oz hujjatlarni qabul qilish, tekshirish, saqlashga topshirish va arxivda izlash uchun javobgar bo‘lgan nazoratchilar ishini MTM–Front-ofis avtomatlashtiradi. Bu Bank xodimlari mijozlarning qog‘oz hujjatlari bilan ishlashi samaradorligini salmoqli ravishda oshirishga, ish yuritish oqimlarini ochiqroq qilishga imkon beradi.
MTM–Front-ofisda quyidagi amaliyotlar bajarilishi amalga oshirilgan:
Front-ofis ishini tashkillashtirish uchun kerakli barcha dasturiy ta’minot bankning apparat vositalarida joylashtiriladi.
Bank MTM-Front-ofis tizimidan keng qamrovli Dastur sifatida foydalanishi varianti mavjud. Ushbu holatda tizim MTM kompaniyasining apparat vositalarida joylashtiriladi va kredit tashkilotiga autsorsing shartlari asosida taqdim etiladi.
Bank hududida joylashgan front-ofis bo‘linmasi mutaxassislari tizimga kirishlari uchun «MTM-Navigator» foydalanuvchining universal ish joyi qo‘llaniladi.
MTM MDH mamlakatlarining Banklari va moliyaviy tashkilotlariga hisobraqamlarini masofaviy boshqarish bo‘yicha zamonaviy elektron bank mahsuloti – “MTM-MBX”dan foydalanish orqali mavjud mijozlar sodiqligini oshirish va yangilarini jalb qilish, shuningdek asosiy bank amaliyotlarini bajarish uchun sarf-harajatlarni kamaytirishning samarali vositasini taklif etadi.
«MTM-MBX» 2000 yildan boshlab texnologik autsorsing tamoyillari asosida Rossiya Bank tizimi ishtirokchilariga internet va mobil banking xizmatlarini ko‘rsatuvchi MTM – Faktura.ru protsessing markazining eng yaxshi tajribalarini o‘z ichiga olgan. Bugungi kunda Faktura.ru brend nomi ostidagi MBXdan Rossiyaning 130 shahridagi 300 ta bank va ularning bo‘linmalari samarali ravishda foydalanadilar.
Hozirda «MTM-MBX» MDH hududida «Kirgizstan» ATB va «Agroinvestbank» TB (Tojikiston) kabi banklarda muvaffaqiyatli ravishda foydalanilmoqda, yana bir qator loyihalar joriy etish bosqichida. Rossiya Federatsiyasida yechim muvaffaqiyatli ravishda Rossiya Jamg‘arma bankining G‘arbiy Ural, G‘arbiy Sibir, Shimoli- G‘arbiy, Janubi-G‘arbiy, Ural va Sibir banklari ishida qo‘llaniladi.
Masofaviy bank xizmati tizimini qo‘llashdan bankning asosiy foydalari:
Internet tarmog‘i orqali Bank mijozlariga qulay va ishonchli bank xizmatini ta’minlovchi to‘liq funksiyali tirajlashtiriluvchi yechim.
Yechim elektron hujjatlarning markazlashtirilgan protsessing tamoyillari asosida qurilgan. Tizim Sizning bankingizda ochilgan barcha hisobraqamlar haqida ma’lumotlarni yagona tizimda birlashtirish imkonini ta’minlaydi. Shu tariqa, mijozlar o‘zlarining moliyaviy manbalari haqidagi axborotni yagona interfeys va “yagona oyna” orqali olishlari ta’minlanadi.
«MTM-MBX» ofislarni ijaraga olish va jihozlash (qimmatga tushadigan bo‘linmalar tarmog‘ini rivojlantirish ham shunga kiradi), xodimlar ish haqini to‘lash va boshqa bankning ma’muriy sarf-xarajatlarini qisqartirish evaziga chakana amaliyotlar bajarishning tannarxini xizmat ko‘rsatishning an’anaviy usullariga nisbatan o‘nlab barobar kamaytirish imkonini beradi.
«MTM-MBX» texnologik majmuasini qo‘llagan holda, bank korporativ va chakana mijozlariga o‘z hisobraqamlarini masofaviy boshqarish sohasida ularning ehtiyojlarini qondiruvchi eng zamonaviy elektron bank mahsulotlaridan foydalanishni taklif etish imkoniyatiga ega.
Tizimlarni ishlab chiqish, joriy etish va moslashtirish borasidagi ko‘p yillik tajriba MTMga taklif etilayotgan tizimni joriy qilish bo‘yicha ishlarning butun majmuasini, uslubiy, tashkiliy va dasturiy ta’minotni qamrab olgan holda, to‘laqonli bajarish, shuningdek foydalanuvchilarni o‘qitish va kelgusi kuzatuvni olib borish imkonini beradi.
«MTM-MBX» tizimini o‘rnatish bankning Avtomatlashtirilgan Bank Tizimi, kartochkalar protsessinglari va 1C buxgalterlik dasturi bilan iloji boricha yaqinroq integrallashuvni; ma’lumotlarni aloqaning himoyalangan kanallariga uzatishni, axborot xavfsizligi choralarini ta’minlashni; malakali texnologik madadni taqozo qiladi.
Bank tayyor tizim va texnologiyani oladi, ular tez o‘rnatiladi va oson ko‘lamlashtiriladi, uning mijozlari esa Internet orqali bankdagi hisobraqamini masofaviy boshqarish uchun deyarli cheksiz imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.
Uzluksizlik
«MTM-MBX» katta miqdordagi foydalanuvchilarga kechayu-kunduz xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan hamda bir kecha-kunduzda 24 soat, haftasiga 7 kun, yiliga 365 kun davomida uzluksiz ishlashni ta’minlaydi.
Hammaboplik
Yechim yirik infratuzilmalarni boshqarish, foydalanuvchilarning turli guruhlariga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi, shu tariqa, bank mijozlarining hamma toifalari: xususiy va korporativ, tayanch xizmatlar iste’molchilari va eng yuqori talablarga ega mijozlar, «MTM-MBX» xizmatlarida barcha kerakli funksionallarni topishlari mumkin.
Tejamkorlik
«MTM-MBX» - bu maksimal soddalik va funksionallik holatida bank xizmatlaridan masofaviy foydalanishning minimal qiymati. «MTM-MBX» bilan jismoniy shaxs har qanday bank amaliyotidan doimo va Internet mavjud hamma yerda foydalana oladi.
Foydalanish osonligi
«MTM-MBX»da foydalanuvchi interfeysi axborot texnologiyalari haqida minimal bilimga ega va bank amaliyotini bajarish tafsilotlari haqidagi xabardorligi yuqori bo‘lmagan foydalanuvchilar ishlashi uchun moslashtirilgan. Internetda ishlash bo‘yicha umumiy ko‘nikmalar yetarli, hech qanday qo‘shimcha dasturlar yoki tashqi litsenziyalar talab etilmaydi[1].
Noyoblik
Bank mavjud xizmatlar paketini bozorda muqobili yo‘q noyob va xususiy xizmatlar bilan kengaytirishi mumkin. Bank xizmatlarini «harakatchan rusumda» taqdim etish imkoniyatiga ega – bozor konyunkturasiga tezkor javob berish, mijozlarning dolzarb ehtiyojlari bilan muvofiq ravishda funksional imkoniyatlarning kerakli ro‘yxatini shakllantirish.
Ko‘lamlashtirilish
«MTM-MBX» turli kirish kanallari bo‘yicha masofaviy xizmat ko‘rsatishni ta’minlovchi qator subtizimlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Yechimning barcha subtizimlari ham alohida, ham majmuaviy ravishda yagona axborot muhitida ishlaydi. Subtizimlar umumiy negiz – markaziy ma’lumotlar bazasi va «MTM-MBX» yagona serveri yordamida integrallashgan.
Ma’lumotlarni qayta ishlashning ko‘p foydalanuvchili va ko‘p oqimli modeli tizimni cheklanmagan ravishda ko‘lamlashtirish imkonini beradi.
Sir saqlanishi
Axborot sir saqlanishini ta’minlash uchun «MTM-MBX»da texnologik choralarning to‘liq majmuasi qo‘llaniladi, shu jumladan, axborotni kriptografik himoyalash tizimlari, opsional ravishda AKHV (Axborotni kriptografik himoyalash vositalari) orqali qo‘shimcha avtorizatsiya ham nazarda tutilgan, ulanish himoyasi SSL (Secure Socket Layer) protokoli yordamida ta’minlanadi.
Kuchli platforma
«MTM-MBX» yirik sanoat yechimlarini yaratish uchun mo‘ljallangan Unix Operatsion Tizimi negizida ishlaydi. U yuqori darajadagi axborot xavfsizligi tizimini tadbiq etish uchun barcha kerakli vositalarga ega, qayishqoq va rad etishga turg‘un yechimlarni yaratish imkonini beradi. «MTM-MBX» tizimida bank va mijoz o‘rtasida hujjat aylanishini tashkillashtirish uchun barcha kerakli texnologik va yuridik unsurlar mavjudligi ta’minlangan.
Elektron-raqamli imzo
Mijozning shaxsiy dastxat imzosiga muqobil imzo sifatida PKCS xalqaro standartlariga muvofiq keladigan X.509 v3 formatidagi raqamli sertifikatlarni qo‘llab-quvvatlovchi elektron-raqamli imzo (ERI) ishlatilishi ko‘zda tutilgandir. Elektron-raqamli imzo, ERI XML Signature standarti negizida amalga oshirilgan bo‘lib, sertifikatning amal qilish muddati uning yaratilish vaqtidan boshlab bir yilni tashkil qiladi.
MTM-MBXni yetkazib berish to‘plamiga foydalanuvchilarga berilgan Raqamli sertifikatlarni yuzaga keltirish va nazorat qilish uchun ishlatiladigan Raqamli Sertifikatlarni Tasdiqlash Markazi kiritilishi mumkin.
Xatar nazorati tizimi
Bank quyidagi nazorat mezonlarini sozlash imkoniyatiga ega: berilgan amaliyot summasining oshib ketishi, muayyan foydalanuvchi uchun amaliyot bajarilayotgan yangi IP-manzil, muayyan foydalanuvchi uchun ishonchli IP-manzillar ro‘yxati, to‘lov uning foydasiga amalga oshirilayotgan yangi kontragentni qo‘shish, amaliyotlar summasining bir kecha-kunduzdagi limiti oshib ketishi, oluvchini “qora ro‘yxat” bo‘yicha nazorat qilish.
Band solingan to‘lovlar qo‘shimcha tekshiruvdan so‘ng bank xodimi tomonidan keyingi ishlov berishga yuborilishi mumkin.
Ko‘pfaktorli autentifikatlash
Kanal himoyasi uchun sessiya kaliti uzunligi 128-bit bo‘lgan SSL protokoli ikki tomonlama autentifikatsiya rejimida qo‘llaniladi. Qo‘shimcha ravishda, Internet-bankka kirish vaqtida foydalanuvchi nafaqat SSL darajasida autentifikatsiyadan o‘tadi, balki imzolangan ERI XML-hujjat yordamida ham.
Auditning yagona tizimi
Auditning yagona tizimi jarayon ishtirokchilarining barcha harakatlarini markazlashgan ravishda qayd etish imkonini beradi – mijoz tashkilotlar xodimlaridan tortib, bank va uning bo‘linmalari boshqaruvchilarigacha. Natijada, barcha muhim harakatlar (kirish, hujjatlarni tayyorlash va jo‘natish, bog’lanish ma’lumotlarini o‘zgartirish, bank xodimi uchun – mijoz shaxsiy ishining o‘zgartirilishi, huquqlarni sozlash va hokazo) jurnallashtiriladi va ERI bilan imzolangan alohida hujjatlar ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.
O‘z navbatida mijozga faqatgina alohida rekvizitlarni (pochta manzili, bog’lanish ma’lumotlari) o‘zgartirish imkoniyati berilgan. Muhim rekvizitlarni o‘zgartirish uchun tasdiqlangan hujjatlarni bankka topshirish lozim bo‘ladi, shu jumladan, tizim vositalarida elektron shaklda ham.
Himoyaning apparat vositalari
Bank va mijoz o‘rtasida to‘laqonli himoyalangan elektron hujjat aylanishini tashkillashtirish uchun, mijozning elektron-raqamli imzolaridan suiqasdchilar foydalanishini blokirovka qiluvchi vositalar sifatida ERI kalitlarini himoyalashning apparat vositalari (USB-kalitlar) qo‘llaniladi, ulardan axborot o‘qish mumkin emas.
Qo‘shimcha xafsizlik mexanizmlari
Mijoz himoyaning apparat vositalarini qo‘llab-quvvatlamaydigan moslamalarda saqlanadigan kalitlardan foydalangan taqdirda tizimga ruxsat etilmagan kirishdan saqlanish uchun qo‘shimcha xavfsizlik mexanizmlari ko‘zda tutilgan, misol uchun, Internet-bankka kirishlar jurnalining foydalanuvchi tomonidan vizual nazorati, belgilangan mezonlar bo‘yicha shubhali to‘lovlarni aniqlash va blokirovka qilish imkoniyatini beruvchi nazorat tizimi.
Jismoniy shaxslar uchun Internet-bank
Xizmat mijozga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
Yuridik shaxslar uchun Internet-bank
Xizmat mijozga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
Platforma 1 –Bankning turli axborot tizimlari uchun yuqori tranzaksiyaviy yuklamalar, minglab foydalanuvchilar, millionlab hujjatlar va hisobraqamlari bilan ishlashga qodir sanoatlashgan platforma.
Platforma 1 MTM kompaniyasi o‘zi ishlab chiqqan, yangi avlod instrumental platformasidir.
Me’moriy-texnologik afzalliklar
Parametrlash imkoniyatlari
Tizim yadrosi shu tariqa loyihalashtirilganki, bank funksionalining sozlanishi administratsiyalash vositalari yordamida amalga oshiriladi. Bank mutaxassislari biznes ehtiyojlariga qarab foydalanuvchi interfeysi, hujjat aylanishining texnologik zanjirlari, amaliy algoritmlar va foydalanish parametrlari kabi tizimning parametrlarini tezkor ravishda konfiguratsiya qilish orqali “dasturlash” imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Tashqi tarkibiy qismlar bilan integrallashuv
Tizimning negiz qismida turli tashqi dasturlar, protsessinglar va axborot tizimlari bilan integrallashuv imkoniyatini ta’minlovchi ma’lumotlarni turli formatlarda eksport/import qilish universal shluzi amalga oshirilgan.
Ma’lumotlarning markazlashgan modeli
MTM-Bankdagi axborotni saqlash tizimi asosida yagona ma’lumotlar bazasi mavjud bo‘lib, shu tufayli ma’lumotlarni saqlash darajasida to‘liq integratsiya ta’minlanadi. Yagona saqlash maydonidan foydalanish hisobiga tizim, har qanday amaliyotlarni bajarish vaqtida, unda to‘plangan barcha ma’lumotlar bilan ishlash imkonini beradi.
Modulli tuzilish
Instrumental platformaning imkoniyatlari har biri muayyan vazifalar doirasini (mijozlarga xizmat ko‘rsatishdagi asosiy bank amaliyotlari, tahliliy hisob va hisobot, bankni strategik boshqarish va hokazo) yechishga qaratilgan tarkibiy qismlar modulligi tamoyili bo‘yicha tizimni amalga oshirish imkoniyatini yaratdi. Shu bilan birga, texnologiya asosiy ma’lumotlarning markazlashgan ravishda saqlanishini va bankdagi turli axborot tizimlarining “ixtilofsiz” ishini ta’minlaydi. Modulli tamoyil har qanday ko‘lam va faoliyat turidagi bank biznesini qo‘llab-quvvatlash uchun yechim arxitekturasi o‘zgarishiga ruxsat beradi.
Tizimda funksional modullarning ishlatilishi bankka faqatgina joriy vaqtda kerakli bo‘lgan modullardan foydalanish imkonini beradi. Funksional modullarga bo‘linish bankning asosiy mahsulotlar qatori bilan yaqin bog‘liqlikdadir. Bajarilayotgan amaliyotlar ko‘lami kengaygan sari quvvatni bosqichma-bosqich oshirish imkoniyati yangi modullarni ulash hisobiga ta’minlanadi.
Кo‘lamlashtirilish
Yechim deyarli cheklanmagan ko‘lamlashtirilishni ta’minlaydi. Bu chakana biznesni faol rivojlantirishni rejalashtirayotgan banklar uchun alohida dolzarblikka ega, chunki axborot bank tizimi imkoniyatlaridan, bo‘linmalar tarmog‘i ko‘lami va amaliyotlar hajmidan qat’i nazar, cheklanmalarni olib tashlaydi.
Xavfsizlik tizimini tashkillashtirish
Ma’lumotlar mantiqiy butunligini ta’minlash
Ma’lumotlar butunligi Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) mexanizmlari bilan kafolatlanadi. Bank axborotining ixtilofsizligi shu bilan ta’minlanadiki, tizimdagi ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritish faqatgina ro‘yxatdan o‘tgan amaliyotlar bilan mumkin, MBBT jadvallariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish foydalanuvchilar uchun ta’qiqlangan.
Foydalanuvchilar ish rejimini boshqarish
Foydalanuvchilar ish rejimi hamda kalit so‘zlarni shakllantirish va almashtirish qoidalari Oracle MBBTning qismi bo‘lgan tizim utilitasi tomonidan belgilanadi.
Foydalanuvchining axborotdan foydalanish huquqlarini aniqlash
Foydalanishni nazorat qilish tizimi bo‘yicha Platforma 1 negizidagi yechimlar Oracle MBBT foydalanishni nazorat qilish tizimi ustidagi ustqurmadir. U quyidagi tamoyillardan kelib chiqqan holda qurilgandir:
Ma’lumotlarning tizimda o‘zgartirilishi jurnallari
Foydalanuvchilarning tizimdagi harakatlari auditi quyidagi jurnallar vositasida amalga oshiriladi:
Axborotni himoyalash uchun maxsus vositalardan foydalanish
Elektron raqamli imzo
Elektron raqamli imzo (ERI) vositalarini qo‘llash uchun Platforma 1da elektron hujjat aylanishini (EHA) nazorat qilish Tizimi yaratilgan. EHA Tizimi kirish huquqini beruvchi Administrator hamda amaliy model Administratori tomonlaridan bo‘lgan suiste’mol tahdidining bartaraf qilinishini ta’minlovchi moliyaviy axborotni himoyalashning ikkinchi konturidan iborat.
Platforma 1da EHA Tizimi hujjatlarning hayot davri – ishlov jarayonida hujjat holatidagi o‘zgarishlar, bosqichlari bo‘ylab hujjatlar o‘tishining sharoitlarini tavsiflovchi EHA Reglamenti asosida ishlaydi. Faqat hujjat aylanishi ishtirokchilarining zaruriy va yetarli miqdordagi ishonchli ERIlari mavjud bo‘lsagina hujjat har bir navbatdagi holatga o‘tadi.
Hujjatlar bilan ishlashda EHA tizimi hujjat mazmuni va foydalanuvchining maxfiy kaliti asosida foydalanuvchining (operatorning / nazoratchining / hisobchining) ERIsini shakllantiradi. ERI nafaqat hujjat muallifligini aniqlash, balki Tizimda muayyan harakatlarni bajarish: hujjatni yaratish, nazorat, hujjatni o‘tkazish bo‘yicha foydalanuvchi huquqining tasdiqlanishini kafolatlaydi.
[1] - Ishni boshlash uchun ish joyiga sertifikatlar, xavfsizlik komponenti va elektron kalitning rideri drayverlarini o‘z ichiga oluvchi installyatsiya paketini o‘rnatish kifoya
MDH banklari uchun MTM innovatsion yechimlari