Kerakli hujjatlar
ta’lim krediti olish to‘g‘risida ariza va pasport; talaba va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo‘lsa). Shartnomada o‘qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov mikdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim; bankning kredit siyosati va ichki tartibiga muvofiq ta’lim krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi; Ta’minot sifatida quyidagilar taqdim etiladi: Uchinchi shaxs kafilligi; Kredit qaytmasligi xatarini sug‘urtalash bo‘yicha polis; Likvidli mol-mulk garovi.