Kapitalbank xalqaro ekspertlar ishtirokida O‘zbekiston HRD hamjamiyatining yig‘ilishini tashkil etdi

24 aprel kuni HRD hamjamiyatining yig'ilishi bo'lib o'tdi, mazkur yig`ilish inson resurslarini boshqarish sohasidagi mutaxassislar o'rtasida tajriba va bilim almashish uchun platformaga aylandi. Yig’ilish yaqinda ishga tushirilgan Kapitalbank Akademiyasida bo’lib o’tdi.

Tadbirda O‘zbekistonning Uzum ecotizim, Korzinka.uz, Makro, Beeline, Texnomart kabi yetakchi kompaniyalari bilan birgalikda boshqa banklarning xodimlari qatnashdilar.

2.png

— Bugun biz nafaqat Kapitalbank xodimlarini o‘qitish, balki O‘zbekistondagi yetakchi kompaniyalarning HR direktorlari o‘rtasida aloqa o‘rnatish va tajriba almashish uchun networking yaratish imkoniga ega bo‘lganimizdan xursandmiz. HR direktorlarining rolini ortiqcha baholab bo'lmaydi, chunki ular rahbariyat va xodimlar o'rtasidagi bo'g'in bo'lib, yaxlit jamoani shakllantirishga, korporativ madaniyatni rivojlantirishga va umumiy maqsadlarga muvaffaqiyatli erishishga hissa qo'shadi, — deydi ATB “Kapitalbank” boshqaruv aʼzosi, kadrlar siyosati departamenti direktori Oksana Lindina. — Bizning uchrashuvimiz professional hamjamiyatni rivojlantirish va ishtirokchilar o‘rtasida yangi aloqalar o‘rnatishda muhim qadam bo‘ldi va biz bunday uchrashuvlar Kapitalbank Akademiyasida muntazam bo‘lib turishiga umid qilamiz.

33 (2).png

Yig‘ilishning asosiy mavzulari kadrlar tizimini raqamlashtirish, inson resurslarini boshqarish sohasidagi asosiy tendentsiyalar, kompaniya bosh direktorlari bilan HRning o‘zaro aloqasi va boshqa mavzular bo‘ldi.

Tadbirda ATB “Kapitalbank” kadrlar siyosati departamenti direktori va Boshqaruv a’zosi Oksana Lindina va “Uzum Tezkor”ning kadrlar bo‘yicha direktori Vera Dianova ma’ruza qildilar.

4.png

Panel muhokamasi ekspertlari bo’lib Roman Mazur (Mountain Ridge bosh direktori), Zinaida Staruxina (HRD ekotizim Uzum), Nargisa Baymirzaeva (ISHONCH Transformatsiya loyihalari direktori), Anastasiya Xrisanfova (UpScale11 boshqaruvchi hamkori), Anna Parshina (UpScale11 boshqaruvchi hamkori) qatnashdilar.
Kapitalbank “Kapitalbank” aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda “Kapitalbank” ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va  ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
O'xshash yangiliklar
Bank.uz asoschilari JET media-loyihasini ishga tushirdilar
Bank.uz asoschilari JET media-loyihasini ishga tushirdilar

Uzum Bank qo‘llab-quvvatlash xizmatining yangilangan Telegram-chatini ishga tushirdi
Uzum Bank qo‘llab-quvvatlash xizmatining yangilangan Telegram-chatini ishga tushirdi

Moody’s xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank” reytingini tasdiqladi
Moody’s xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank” reytingini tasdiqladi



Orphus tizimi