AT «Aloqabank» Kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2015 yil 11 sentabr kuni, soat 8:00 da Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko'chasi, 4-uyda joylashgan AT «Aloqabank» binosining majlislar zalida (3-qavat) o'tkazilishini ma'lum qiladi.
YIG'ILISH KUN TARTIBI:
1. AT «Aloqabank» aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi reglamentini tasdiqlash.
2. Bankka affillangan shaxs "O'zbektelekom" AK bilan tuziladigan bitimlarni ma'qullash to'g'risida.
3. Bankka affillangan shaxs "NANO LIZING" MChJ bilan tuziladigan bitimlarni ma'qullash to'g'risida.
4. Bankka affillangan shaxs "Alskom" AJ bilan tuziladigan bitimlarni ma'qullash to'g'risida.
5. Bankka affillangan shaxs "Uzdigital TV" MChJ bilan tuziladigan bitimlarni ma'qullash to'g'risida.
6. «Mirzacho'l tolasi» XK tugatish sud boshqaruvchisining taklif xati muhokamasi to'g'risida.
AT «Aloqabank» Kengashining 2015 yil 29 avgustdagi yig'ilishi qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan aksiyadorlar ro'yxati 2015 yil 7 sentabr kuni holatiga hamda umumiy yig'ilish o'tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar ro'yxati 2015 yil 29 avgust kuni holatiga tuziladi.
Bank aksiyadorlarini va majlis qatnashchilarini ro'yxatga olish 2015 yil 11 sentabr kuni soat 7:00 dan 7:50 gacha davom etadi.
Aksiyadorlar o'zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan o'rnatilgan tartibda notarial tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari so'raladi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi ma'lumotlari bilan Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko'chasi, 4-uyda joylashgan AT «Aloqabank»da tanishishingiz mumkin.
Bankning elektron pochta manzili: info@aloqabank.uz
Ma'lumot uchun telefonlar: 232-83-67, 233-47-29
30.04.2025
Больше $3000 за унцию! Цены на золото снова бьют рекорды
27.03.2025
Экосистема Uzum зарегистрировала первый выпуск облигаций на сумму в 300 млрд сумов
20.02.2025
Начните карьеру iOS-разработчика в одной из ведущих финтех-компаний Узбекистана!
Вниманию акционеров АК «Алокабанк»