2019 yil 10 aprel «ASIA ALLIANCE BANK» ATB Farg'ona filialining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

10.04.2019

2019 yil 10 aprel kuni Farg'ona shahrining markazida joylashgan «ASIA ALLIANCE BANK» ATB Farg'ona filiali o'z mijozlari uchun eshiklarini ochdi. Keng ko'lamli bank xizmatlaridan to’laqonli foydalanish maqsadida qulay sharoitlari, katta yopiq avtoturargoh, malakali mutaxassislar va masofaviy xizmat ko'rsatish kanallari taqdim etadigan. Farg'ona filiali mutaxassislari konsalting xizmatlarini ko'rsatish, bank mijozlarini hisoblarini yuritish, pul o'tkazmalarini amalga oshirish, jismoniy shaxslarga iste'mol kreditlarini taqdim etish, shuningdek Farg'ona viloyati tadbirkorlarining o'z mablag'lari va kredit liniyalarining xorijiy mablag'lari hisobidan moliyalash imkoniyatiga egadirlar. Barcha shaxslar milliy valyutadagi UzCard kartalarini , shuningdek VISA va UnionPay xalqaro plastik kartalarini ochishlari mumkin.

Yaqin kelajakda «ASIA ALLIANCE BANK» ning har bir bo'linmasida, jumladan, Farg'ona filialida xalqaro MasterCard plastik kartalarini ochish mumkin bo'ladi. Qolaversa, Bank mijozlariga milliy va chet el valyutasida muddatli va jamg’arma omonatlari qulay va imtiyozli shartlar asosida taklif etiladi. Omonatlar naqd va naqdsiz pul shaklda qabul qilinadi.

Farg'ona aholisi bank xizmatlaridan tunu-kun fodalanishlari uchun bank xizmatlarini ko’rsatishning 24 soatlik avtomatlashgan pavilioni filial binosining yonida joylashgan bo'lib, unda bank xodimlariga murojaat qilmasdan masofadan turib o'ziga-o'zi xizmat ko'rsatish uchun mo’ljallangan bankomatlar va infokiosklardan foydalanish uchun topshirildi. Shunday qilib, o'rnatilgan bankomatlar yordamida so'm va valyuta plastik kartochkalaridan naqd pul olish, naqd pulni ayirboshlash va bir qancha turdagi xizmatlar mavjud. Zamonaviy infokiosklar sizga SMS-xabarlarni ulash, xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirish va korporativ mijozlar uchun Internet-banking tizimidan foydalanish imkonini beradi.

Avtomatlashtirilgan depozit mashinasi (ADM) yordamida pul tushumini topshirish, kreditlarni so‘ndirish va bank kartalarini to’ldirish mumkin. Onlayn tarzda pul tushumini topshirish xizmatidan foydalanish uchun mijozlar birinchi navbatda "ASIA ALLIANCE BANK" ATB bilan shartnoma tuzishlari kerak.

Filial dushanbadan jumagacha soat 9.00 dan 18.00 gacha ishlaydi.

Dam olish kunlari: shanba - yakshanba.

Yuridik manzili: Farg'ona shahri, 150117, O'zbekiston ovozi, uy 4.

Telefon: (+998 73) 244-37-37

Похожие новости
Банк в кармане: Uzum Media рассказывает о том, как безопасно использовать банковские приложения
Банк в кармане: Uzum Media рассказывает о том, как безопасно использовать банковские приложения

Лимит кредитной карты "Первая" увеличен до 100 млн сумов
Лимит кредитной карты "Первая" увеличен до 100 млн сумов

Uzsanoatqurulishbank

Изменение некоторых условий в 5 кредитных продуктах для бизнеса

01.04.2024

Изменение некоторых условий в 5 кредитных продуктах для бизнеса

Sqb.uz



Система Orphus