JET: Сколько зарабатывают водители такси в Узбекистане? Подробнее

2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish strategiyasi loyihasi muhokama etildi

06.08.2021
2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish strategiyasi loyihasi muhokama etildi    Joriy yilning 5-avgust kuni “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi huzuridagi Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boʻyicha kengashning 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish strategiyasi loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “Boston Consulting Group” (BCG) xalqaro konsalting kompaniyasi hamda Oʻzsanoatqurilishbankdan vakillar ishtirok etdi.  2021-yil 30-aprel kuni Prezidentimiz raisligida hududlarda mahalliy sanoatni rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasiga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida hamda davlatimiz rahbari tomonidan  shu yil 9-iyunda qabul qilingan “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonda respublika qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga qaratilgan qator vazifalar belgilab berildi.     Unga koʻra, bugungi kunda Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boʻyicha kengash xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish yuzasidan hamkorlikda ish olib bormoqda.  Yigʻilishda ishtirokchilar dastlab “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, Oʻzsanoatqurilishbank hamda “BCG” xalqaro konsalting kompaniyasi vakillari tomonidan oʻrganilgan yirik korxonalardagi mavjud muammolar va ularning yechimini atroflicha muhokama etishdi.     Soʻngra 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish ssenariylari va dastlabki strategiya loyihasi bilan yaqindan tanishtirildi.  – Strategiya loyihasini ishlab chiqishda qator muhim jihatlarga eʼtibor qaratildi, – deydi “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisi – Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boʻyicha kengash raisi S.Annaklichev. – Xususan, qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirishda tuman va shaharlar salohiyatini ishga solish, sohadagi “drayver” korxonalarni aniqlash, korxonalarni global ishlab chiqarish zanjirlariga jalb qilish va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni uchinchi davlatlarga hamkorlikda eksport qilishni yoʻlga qoʻyish, sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlaydigan xususiy va xorijiy investitsiyalar hamda zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratish shular jumlasidandir.     Shuningdek, qoʻshimcha qiymat zanjirlarini kengaytirish, ishlab chiqarish tannarxi va xarajatlarini kamaytirish, tayyor mahsulotlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, kichik sanoat va maxsus iqtisodiy zonalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari qayd etildi.     Zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda mahalliy sanoat korxonalari uchun professional kadrlar tayyorlash, bunda trening dasturlaridan keng foydalanishga alohida eʼtibor qaratilishi taʼkidlandi. Bank Axborot xizmati Вернуться назад 23 Другие новостиOʻzsanoatqurilishbank mamlakat sanoat salohiyatini oshirishga hissa qoʻshmoqdaOʻzsanoatqurilishbank tizimida “Data Warehouse” – maʼlumotlar ombori tatbiq etildiOʻzsanoatqurilishbank Xalqaro moliya korporatsiyasining Global savdoni moliyalashtirish dasturiga qoʻshildi “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB taʼmirlash ishlari yetkazib beruvchisini tanlash boʻyicha tanlov eʼlon qiladi
Узпромстройбанк АКБ «Узпромстройбанк» был основан в 1922 году как Промышленный банк. В 1991 году банк преобразован в акционерно-коммерческий. В 2009 году изменено наименование на открытый акционерный коммерческий банк «Узбекский промышленно-строительный банк» (АКБ «Узпромстройбанк»).            
Источник: Uzsanoatqurulishbank
Похожие новости
Получите кредит для выращивание кормовых культур в животноводческом секторе

11.09.2024

Получите кредит для выращивание кормовых культур в животноводческом секторе

Заберите свой BYD E2 с выгодным автокредитом от Асакабанк

11.09.2024

Заберите свой BYD E2 с выгодным автокредитом от Асакабанк

Осторожно, мошенники!

12.09.2024

Осторожно, мошенники!



Система Orphus