JET: Теперь можно без комиссии перевести до 57 миллионов сумов Подробнее

“ASIA ALLIANCE BANK” ATB aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig`ilishi o`tkazilishi to`g`risida xabarnoma

29.01.2018

“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Kengashi bank aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig`ilishini o’tkazish to’g’risida xabar beradi. Yig`ilish 2018 yil 9-favralda soat 10:00 da “ASIA ALLIANCE BANK” ATBning 100047, Toshkent shahar, Maxtumquli ko’chasi, 2a manzil bo’yicha joylashgan binosida o’tkaziladi, bankning elektron pochta manzili: info@aab.uz. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlarni ro’yxatdan o’tkazish soat 09:00 dan 10:00 gacha amalga oshiriladi.

Kun tartibi:

1.Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig`ilishni o`tkazish reglamentini tasdiqlash;

2. Bank Ustaviga o`zgartirish kiritish.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ishtirok qilish huquqiga ega bank aksiyadorlari reestri 2018 yil 5-fevral operatsion kun yakuni bo’yicha tuziladi.

Eslatib o’tamiz, aksiyadorlar bankda Ustavga kiritilayotgan o`zgartirish loyihasi bilan tanishib chiqish huquqiga egalar (bank manzili: 100047, Toshkent shahar, Maxtumquli ko’chasi, 2a, “ASIA ALLIANCE BANK” ATB, tel.: 231-60-00).

Ro’yxatdan o’tish va aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma (pasport)ga, aksiyadorlar vakillari esa – O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan (jismoniy shaxslar uchun – notarial tasdiqlangan, yuridik shaxslar uchun – mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan) vakolatnomaga ega bo’lishlari kerak.

“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Kengashi

Похожие новости
Банкир махалли SQB — рядом, когда важнее всего

04.07.2025

Банкир махалли SQB — рядом, когда важнее всего

Акция от SQB Insurance: Не упустите летние возможности!

04.07.2025

Акция от SQB Insurance: Не упустите летние возможности!

В SQB Bank — новое решение для прозрачного кредитования

04.07.2025

В SQB Bank — новое решение для прозрачного кредитования



Система Orphus