“ASIA ALLIANCE BANK” ATB aksiyadorlarning yillik umumiy yig`ilishi o`tkazilishi to`g`risida xabarnoma

24.05.2018

“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Kengashi bank aksiyadorlarning yillik umumiy yig`ilishini o’tkazish to`g`risida xabar beradi. Yig`ilish 2018-yil 1-iyun soat 16:00 da “ASIA ALLIANCE BANK” ATBning 100047, Toshkent shahar, Maxtumquli ko’chasi, 2a manzil bo’yicha joylashgan binosida o’tkaziladi, bankning elektron pochta manzili: info@aab.uz. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlarni ro’yxatdan o’tkazish soat 15:30 dan 16:00 gacha amalga oshiriladi.

Kun tartibi:

1. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig`ilishni o`tkazish reglamentini tasdiqlash;

2. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig`ilishi sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash;

3. Bank Kengashi Rasining 2017-yil yakunlari bo`yicha bank faoliyati natijalari va bank rivojlanish strategiyasiga erishish bo`yicha amalga oshirilgan ishlar to`g`risida hisobotni eshitish;

4. Boshqaruv Raisining 2017-yil yakunlari bo`yicha bank faoliyati natijalari va bank rivojlanish strategiyasiga erishish bo`yicha amalga oshirilgan ishlar to`g`risida hisobotni eshitish;

5. 2017-yil yakunlari bo`yicha yillik hisobotni tasdiqlash;

6. 2017-yil yakunlari bo`yicha bankning yillik moliya-xo`jalik faoliyatini tekshirish natijalari bo’yicha Taftish komissiyasining xulosasini eshitish;

7. Imtiyozli kreditlash jamg`armasini tugatish;

8. Bank sof foydasini taqsimlash;

9. Bank Kengashi a’zolarini saylash;

10. Bank Taftish komissiyasi a’zolarini saylash;

11. Bank Boshqaruv Raisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddatini uzaytirish;

12. Affilangan shaxslar bilan bitimlarni ma’qullash;

13. Bankda 2017-yil uchun korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko`rib chiqish;

14. “ASIA ALLIANCE BANK” ATB aksiyadorlarning umumiy yig`ilishi to`g`risida”gi Nizomga qo`shimchalar kiritish;

15. “ASIA ALLIANCE BANK” ATB Kengashi to'g`risida”gi Nizomga qo`shimchalar kiritish;

16. “ASIA ALLIANCE BANK” ATB standart aktivlar bo`yicha rezervni shakllantirish tartibini tasdiqlash;

17. Bankning tashkiliy tuzilishini tasdiqlash;

18. “ASIA ALLIANCE BANK” ATB 2017-2021-yillar uchun rivojlanish strategiyasini tasdiqlash;

19. Bank tomonidan joylashtiriladigan qo`shimcha aksiyalar olinishiga Bank aksiyadorlarining imtiyozli huquqini qo`llamaslik to`g`risida.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishida ishtirok etish huquqiga ega bank aksiyadorlari reestri 2018-yil 28-may operatsion kun yakunidagi holat bo’yicha tuziladi.

Eslatib o`tamiz, aksiyadorlar aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishining materiallari bilan bankda (bank manzili: 100047, Toshkent shahar, Maxtumquli ko`chasi, 2a. Tel.: 231-60-00) tanishib chiqish huquqiga egalar.

Ro`yxatdan o`tish va aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig`ilishida ishtirok qilish uchun aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma (pasport)ga, aksiyadorlar vakillari esa – O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan (jismoniy shaxslar uchun – notarial tasdiqlangan, yuridik shaxslar uchun – mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan) vakolatnomaga ega bo’lishlari kerak.

“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Kengashi

Похожие новости
Банк в кармане: Uzum Media рассказывает о том, как безопасно использовать банковские приложения
Банк в кармане: Uzum Media рассказывает о том, как безопасно использовать банковские приложения

Лимит кредитной карты "Первая" увеличен до 100 млн сумов
Лимит кредитной карты "Первая" увеличен до 100 млн сумов

Uzsanoatqurulishbank

Изменение некоторых условий в 5 кредитных продуктах для бизнеса

01.04.2024

Изменение некоторых условий в 5 кредитных продуктах для бизнеса

Sqb.uz



Система Orphus