«ASIA ALLIANCE BANK» ATB «KazakhExport» eksport sugʻurta kompaniyasi va «Alfa Bank» AJ ShB bilan birgalikda umumiy qiymati 1,5 mln. AQSh doll. boʻlgan bitimni muvaffaqiyatli roʻyobga chiqardi.
Bankning tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy vazifalari deb Oʻzbekiston iqtisodiyoti tarmoqlarini moliyalashtirish uchun jahon moliya institutlarining resurslarini jalb qilish, oʻz mijozlarining ehtiyojlarini yanada toʻlaroq qondirish, nufuzli xalqaro moliya tashkilotlarining ishida samarali ishtirok etish hisoblanadi.
Shartnoma doirasida “KazakhExport” «ASIA ALLIANCE BANK» ATB tomonidan chiqarilgan akkreditiv boʻyicha sugʻurta qoplamasini taqdim qildi. «Alfa Bank» AJ ShB (Qozogʻiston) ushbu akkreditiv boʻyicha tasdiqlovchi va moliyalashtiruvchi bank sifatida ishtirok etdi.
«KazakhExport» eksport sugʻurta kompaniyasi - bu asosiy faoliyati eksportni qoʻllab-quvvatlash va Qozogʻistonning eksport operatsiyalarini himoya qilishning sugʻurta vositalarini amalga oshirishdan iborat boʻlgan davlat eksport sugʻurta agentligidir.

23.04.2026
Бизнес — это правильные решения и надёжное партнёрство
23.04.2026
Бизнес-средства не должны просто лежать на счету — они должны работать
16.04.2026
Кредиты для малого и среднего бизнеса до эквивалента $1 000 000 начиная от 17% годовых
«ASIA ALLIANCE BANK» ATB ilk bor Oʻzbekistonda «KazakhExport» koʻmagida savdo moliyalashtirish sohasida bitimni amalga oshirdi.