JET: Вклады в сумах или долларах: что выгоднее в Узбекистане? Подробнее

Bank xodimlari Prezident Murojaatnomasi mazmuni bilan tanishdi

22.01.2021
Bank xodimlari Prezident Murojaatnomasi mazmuni bilan tanishdi2021 yil 22 yanvar kuni “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Bosh ofisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini oʻrganishga bagʻishlangan targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti dotsenti Davron Muitov ishtirok etdi. Shu kunlarda davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasi keng jamoatchilik tomonidan qizgʻin muhokama etilmoqda. Oʻzsanoatqurilishbank Boshqaruvi, tarkibiy tuzilmalar rahbarlari hamda xodimlari oʻrtasida ham Murojaatnomada 2021 yilga moʻljallangan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish boʻyicha belgilangan vazifalar atroflicha oʻrganilmoqda. Tadbirda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti dotsenti D.Muitov Prezidentimiz Murojaatnomalarida maqsad va vazifalar mamlakatda amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlarda dasturilamal boʻlib xizmat qilayotganini qayd etdi. Taʼkidlanganidek, Murojaatnomalarda qaysi yoʻnalish boʻlmasin, xoh u ichki yoki tashqi siyosat, xoh ijtimoiy-iqtisodiy masala, xoh huquq va maʼnaviyat – bularning barchasida yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni, xalq farovonligini oshirishdek maqsadlar aks etadi. Joriy Murojaatnomada ham iqtisodiy vazifalar yurtimizda kambagʻallikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgani fikrimizga dalil boʻla oladi. Hujjatda ushbu strategik maqsadlarga hamma uchun teng imkoniyat yaratadigan yuqori iqtisodiy oʻsish hisobiga erishilishi qayd etildi. Murojaatnomada iqtisodiyotda tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirishda davlat kompaniyalarini transformatsiya qilish jadallashtirish boʻyicha vazifalar belgilab berildi. “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Asaka bank”, “Ipoteka bank”, “Aloqa bank”, “Turon bank” hamda “Qishloq qurilish bank” xususiylashtirishga tayyorlanishi, kamida bitta yirik bankdagi davlat ulushi strategik investorlarga toʻliq sotilishi maʼlum qilindi. Qayd etish lozimki, Oʻzsanoatqurilishbankda Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda transformatsiya jarayonlari amalga oshirilib, zamonaviy bank tamoyillarini tatbiq etish ustida faol ish olib borilmoqda. Xususan, 2021 yilda Bankda Xalqaro moliya korporatsiyasi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan bank faoliyatini transformatsiya qilish ishlarining 3-bosqichi amalga oshiriladi. “Change management” tizimi asosida transformatsiya jarayonlarida xodimlar ishtiroki doimiy ravishda faollashtiriladi. Universal xodimlarni shakllantirish orqali mijozbay ishlash tizimiga oʻtiladi. Mulohaza va savol-javoblarga boy boʻlgan tadbirda ishtirokchilar oʻzlarining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid amaliy bilimlarini yanada mustahkamlashga erishdi. Bank Axborot xizmati Вернуться назад 205 Другие новостиToshkent shahrida «Oqlon» texnologiya parki ochildiEhtiyot boʻling! Internetdagi firibgarlik.Oʻzsanoatqurilishbank: yil sarhisobi va istiqbolli rejalarOʻzsanoatqurilish bank JCB toʻlov tizimi bilan ishlashni boshladi
Узпромстройбанк АКБ «Узпромстройбанк» был основан в 1922 году как Промышленный банк. В 1991 году банк преобразован в акционерно-коммерческий. В 2009 году изменено наименование на открытый акционерный коммерческий банк «Узбекский промышленно-строительный банк» (АКБ «Узпромстройбанк»).            
Источник: Uzsanoatqurulishbank
Похожие новости
ATTO на EXPO 2024 UZCARD: Демонстрация решений для использования транспортных карт

24.10.2024

ATTO на EXPO 2024 UZCARD: Демонстрация решений для использования транспортных карт

AVO bank выпустил мини интернет-сериал на тему цифровой безопасности

21.10.2024

AVO bank выпустил мини интернет-сериал на тему цифровой безопасности

Получите кредит для выращивание кормовых культур в животноводческом секторе

11.09.2024

Получите кредит для выращивание кормовых культур в животноводческом секторе



Система Orphus