Joriy yilning 15 yanvarida bizning Bankimiz Yagona Xalqaro Protsessing Markazi (GlobUz) bilan hamkorlikda valyuta almashtirish imkonini beruvchi bankomatni ishga tushirdi.
Oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish apparati AQSH dollaridagi naqd valyutani milliy valyutaga almashtirish imnonini beradi. Hozirda Yevro va Rossiya rubllarni almashtirish koʻrib chiqilmoqda. Bankomatning funksionali teskari almashtirishni, ya’ni naqd chet el valyutasini sotishni bajarish imkoniga ega. Shuning uchun chet el valyutasini sotishga qonunchilik ruxsati olinganidan soʻng, bunday bankomatlar shu vazifani ham amalga oshirish imkonini beradi.
Birinchi va hozirgi paytda yagona boʻlgan bankomat Maxtumquli koʻchasi, 2A-uy boʻyicha «ASIA ALLIANCE BANK» ATB Bosh Ofisi hududida joylashgan. Yaqin kunlarda bunday valyuta almashtirish bankomatlari bilan barcha filiallar, mini-banklar va boshqa shoxobchalarni jihozlash rejalashtirilgan.
Koʻrsatilgan funksiyalarga qoʻshimcha ravishda bankomat GlobUz kartalarini ham qabul qiladi, tez kunlarda esa Visa, Master Card va UnionPay kartalarini intergatsiyalash rejalashtirilgan.
23.04.2026
Бизнес — это правильные решения и надёжное партнёрство
23.04.2026
Бизнес-средства не должны просто лежать на счету — они должны работать
16.04.2026
Кредиты для малого и среднего бизнеса до эквивалента $1 000 000 начиная от 17% годовых
Ilk bor Oʻzbekistonda multivalyuta bankomati taqdim qilindi!