JET: Теперь можно без комиссии перевести до 62 миллионов сумов Подробнее

«MEDIA PARK BOZORI» va «ASIA ALLIANCE BANK» kobrending kartalarini ishga tushirdilar.

08.10.2018

«ASIA ALLIANCE BANK» ATB «MEDIA PARK BOZORI» bozorlar tarmogʻi bilan birgalikda kobrending loyihasini - maishiy texnika va elektronika xaridorlari uchun alohida shartlarga ega GlobUzCard tizimining toʻlov kartalarini ishga tushirdi. Mazkur loyihaning noyobligi shundan iboratki, kobreding kartasi «MEDIA ALLIANCE» bankining kredit mahsuloti hisobidan toʻldirilib boriladi. Ushbu karta egalari «MEDIA PARKBOZORI» doʻkonlarida kobrending kartasi bilan xaridlarga haq toʻlaganda xarid qiymatining 5 foizidan kam boʻlmagan miqdorida chegirmaga ega boʻladilar.

Kobrending plastik kartasini olish uchun buyurtmani «MEDIA PARK BOZORI» tarmogʻining har bir doʻkonida boʻlgan «ASIA ALLIANCE BANK» ATB xodimiga berish mumkin. Buning uchun bank xodimiga barcha kerakli hujjatlarni taqdim qilish kerak, va ertasi kuniyoq kiritilgan mablagʻlar bilan kartani olish va xaridni amalga oshirish mumkin boʻladi. 

Kobrending kartasini olish uchun quyidagilarni taqdim qilish kerak: shaxsni tasdiqlovchi hujjat, shuningdek har oyda qarzga xizmat koʻrsatilishini ta’minlash uchun yetarlicha daromadlarni tasdiqlovchi hujjat va jismoniy shaxs kafilligi yoki sugʻurta polisi koʻrinishdagi ta’minot.

Batafsil:http://aab.uz/uz/private/microloan/

Похожие новости
Национальный банк Узбекистана увеличил суммы кредитов для бизнеса и упростил условия финансирования

13.08.2025

Национальный банк Узбекистана увеличил суммы кредитов для бизнеса и упростил условия финансирования

Uzum привлек $70 млн от Tencent и VR Capital, оценка компании достигла $1,5 млрд

05.08.2025

Uzum привлек $70 млн от Tencent и VR Capital, оценка компании достигла $1,5 млрд

Переводы из Казахстана в Узбекистан — с комиссией 0% только в НБУ

30.07.2025

Переводы из Казахстана в Узбекистан — с комиссией 0% только в НБУ



Система Orphus