Oʻzsanoatqurilish bank JCB toʻlov tizimi bilan ishlashni boshladi

18.01.2021
Oʻzsanoatqurilish bank JCB toʻlov tizimi bilan ishlashni boshladi2019 yilda Oʻzsanoatqurilishbank kartaga oid protsessingni modernizatsiya qilish boʻyicha loyihani amalga oshirishni boshladi. Uning maqsadi elektron PIN-kodli xalqaro kartalarni chiqarish, multivalyuta hisob raqamlari va karta boʻyicha kredit limiti, shuningdek, aloqasiz kartalar, shu jumladan JCB xalqaro tizimlaridan foydalangan holda xizmat koʻrsatish va ekvayring tarmogʻini kengaytirishdan iborat. Bugungi kunda loyiha amalga oshirilgan, yangi karta mahsulotlarini sinovdan oʻtkazish va sozlash ishlari amalga oshirilmoqda. 2021 yil yanvar oyida ishlab chiqarish muhitida WAY4 yangi protsessing ishga tushirildi, unda barcha JCB kartalari egalari Oʻzsanoatqurilishbank bankomatlarida naqd pul yechishlari va bankning hamkorlari tarmogʻida xaridlar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishlari mumkin. “Mintaqada yuqori nufusga ega boʻlgan eng yirik va ishonchli banklardan biri hisoblangan “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Oʻzbekiston Respublikasida JCB kartalarini qabul qilishni boshlaganini bildirishdan mamnunmiz. Oʻzbekiston — qadimiy tarix, boy taomlari, mehmondoʻst odamlari bilan mashhur turistik yoʻnalish hisoblanadi. Oʻzbekiston nafaqat rossiyalik sayyohlarni, balki odatda JCB kartalari egalari koʻp boʻlgan Yaponiya va boshqa Osiyo mamlakatlari va mintaqalari turistlarini oʻziga jalb qiladi. 2018 yilda vizasiz tartib joriy etilgani va bizning “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB bilan hamkorligimiz albatta turistik oqim oshishiga hamda JCB kartalari egalari respublikaga safarlari davomida xaridlar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish va naqd pul yechish uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi”, dedi JCB International (Eurasia) LLC bosh direktori Takasi Suesugu. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi raisining oʻrinbosari Ulugbek Tavakkalov taʼkidlashicha, Humo boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi bankomat-terminal tarmogʻi bir vaqtning oʻzida JCB xalqaro toʻlov tizimi kartalariga xizmat koʻrsatadi. Hozirda bunday bankomat lar soni 150, bunday terminal lar soni esa 16 mingtani tashkil etadi. Maʼlumot uchun. JCB bu jahondagi yirik toʻlov brendi, yetakchi emitent va Yaponiyada kredit kartalarning xaridoridir. Kompaniya 1961 yilda tashkil topgan. 1981 yildan JCB boshqa mamlakatlar bozorlariga chiqib, oʻz faoliyati doirasini kengaytirmoqda. Bankning qabul qilish tarmogʻi dunyodagi qariyb 35 million savdo vakillarini qamrab oladi. Hozirgi vaqtda JCB kartalari 140 milliondan ortiq karta egalari boʻlgan 20 dan ziyod mamlakatlar va hududlarga chiqariladi. Вернуться назад 208 Другие новостиToshkent shahrida «Oqlon» texnologiya parki ochildiEhtiyot boʻling! Internetdagi firibgarlik.Bank xodimlari Prezident Murojaatnomasi mazmuni bilan tanishdiOʻzsanoatqurilishbank: yil sarhisobi va istiqbolli rejalar
Узпромстройбанк АКБ «Узпромстройбанк» был основан в 1922 году как Промышленный банк. В 1991 году банк преобразован в акционерно-коммерческий. В 2009 году изменено наименование на открытый акционерный коммерческий банк «Узбекский промышленно-строительный банк» (АКБ «Узпромстройбанк»).            
Источник: Uzsanoatqurulishbank
Похожие новости
Uzum Bank занял первое место среди приложений банков и платежных сервисов по версии Markswebb
Uzum Bank занял первое место среди приложений банков и платежных сервисов по версии Markswebb

Команда Bank.uz запустила медиа проект JET
Команда Bank.uz запустила медиа проект JET

Банк в кармане: Uzum Media рассказывает о том, как безопасно использовать банковские приложения
Банк в кармане: Uzum Media рассказывает о том, как безопасно использовать банковские приложения



Система Orphus