Карта VISA c доставкой через приложение Kapital Bank Подробнее

Oʻzsanoatqurilishbank Germaniyaning nufuzli banki bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

09.11.2021
Oʻzsanoatqurilishbank Germaniyaning nufuzli banki bilan hamkorlikni kengaytirmoqda Shu kunlarda Oʻzsanoatqurilishbank vakillari Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida Germaniyada boʻlib turibdi. Delegatsiya aʼzolari Bavariya iqtisodiyot vazirligi va Bavariya iqtisodiy Ittifoqi tomonidan mintaqadagi yetakchi kompaniyalar vakillari ishtirokida Germaniyada tashkil etilgan Germaniya-Oʻzbekiston ishbilarmonlar Kengashining 5-yigʻilishi, “Markaziy Osiyo – Yevropa va Osiyo oʻrtasidagi iqtisodiy markaz” anjumani, shuningdek, “Oʻzbekiston: savdo va sarmoya uchun imkoniyatlar” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etadi. Tashrif doirasida joriy yilning 8-noyabr kuni Oʻzsanoatqurilishbank hamda Germaniyaning Landesbank Baden-Wurttemberg banki oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash hamda rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi. Xususan, Global Textile Infinity loyihasi uchun Landesbank Baden-Wurttemberg bilan 66,8 mln. yevro miqdorida individual qarz bitimiga imzo chekildi.  Mazkur loyiha mamlakatdagi eng yirik toʻqimachilik korxonalaridan birining ishlab chiqarish quvvatini oshirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, shuningdek, ishlab chiqarish jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etib, shu orqali eksportga yoʻnaltirilgan yuqori sifatli toʻqimachilik mahsulotlari turlarini kengaytirishni koʻzda tutadi. Tomonlar, shuningdek, Oʻzsanoatqurilishbankning Oʻzbekiston Respublikasida biznesni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan moliyaviy resurslari hajmini oshirishni, shu jumladan mahalliy eksportchilar va importchilarni qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutuvchi 80 mln. yevro miqdorida savdoni moliyalashtirish boʻyicha qoʻshimcha bitim imzoladilar. Maʼlumot uchun: Landesbank Baden-Wurttemberg (Baden-Vyurtemberg yeri federal banki) – Germaniya xalqaro universal tijorat banki, Germaniyaning oʻnta eng yirik banklaridan biri  hisoblanadi. Bank Axborot xizmati Вернуться назад 18 Другие новостиOʻzsanoatqurilishbank Oʻzbekistonda ilk bora bank mahsulotlari tannarxini aniqlash mexanizmlarini joriy etadiOʻzsanoatqurilishbank YETTBning “Tavakkalchiliklarni taqsimlash boʻyicha dasturi” doirasida birinchi loyihani amalga oshirdiOʻzsanoatqurilishbankda transformatsiya: Buxoroda mijozlarga xizmat koʻrsatishning yangi tizimi ishga tushirildiOʻzsanoatqurilishbankda Turkiyaning Maltepe universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazildi
Узпромстройбанк АКБ «Узпромстройбанк» был основан в 1922 году как Промышленный банк. В 1991 году банк преобразован в акционерно-коммерческий. В 2009 году изменено наименование на открытый акционерный коммерческий банк «Узбекский промышленно-строительный банк» (АКБ «Узпромстройбанк»).            
Источник: Uzsanoatqurulishbank
Похожие новости
Отличные новости от денежных переводов «Золотая Корона»!

26.05.2023

Отличные новости от денежных переводов «Золотая Корона»!

Hamkorbank

Денежные переводы Astrasend — быстро, безопасно и удобно!

24.05.2023

Денежные переводы Astrasend — быстро, безопасно и удобно!

Hamkorbank

Проведены образовательные мероприятия по повышению уровня финансовой грамотности населения в отдаленных регионах

01.01.1970

Проведены образовательные мероприятия по повышению уровня финансовой грамотности населения в отдаленных регионах

cbu.uz



Система Orphus