O‘zsanoatqurilishbank «Global Emerging Markets Corporate Conference-2021»da ishtirok etdi
O‘zsanoatqurilishbank joriy yilning 1-3 mart kunlari jahonning yetakchi banklaridan biri - J.P.Morgan tomonidan onlayn formatda tashkil etilgan «Global Emerging Markets Corporate Conference-2021» anjumanida ishtirok etdi. Unda xalqaro investitsion fondlar, Yevropa davlatlari va AQShda investitsiya yo‘nalishida faoliyat yurituvchi turli darajadagi boshqaruvchi kompaniyalar hamda manfaatdor tarmoq tashkilotlari vakillari, sarmoyadorlar va ekspertlar qatnashdi.
Tadbirning asosiy kun tartibida moliyaviy ko‘rsatkichlar to‘g‘risida dastlabki ma’lumotni hisobga olgan holda zarur moliyalashtirish manbalarini jalb qilish imkoniyatlari o‘rganildi. Unda shuningdek, O‘zbekistonda moliyaviy sohada yuz berayotgan o‘zgarishlar haqida investitsion hamjamiyatni keng xabardor qilish va shu orqali mamlakatimizdagi listing kompaniyalarning xalqaro bozorga chiqishini rag‘batlantirish masalalari ilgari surildi.
Anjuman davomida tashkil etilgan o‘ndan ziyod uchrashuvlar va taqdimotli chiqishlar doirasida istiqbolli investorlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, xalqaro ekspertlar bank tomonidan muassasa barqarorligini saqlashga omil bo‘luvchi moliyaviy ko‘rsatkichlari, faoliyati hamda joriy holatini koronavirus pandemiyasi davrida saqlash bo‘yicha qabul qilingan preventiv choralari bilan yaqindan tanishdi.
Tadbir natijalariga ko‘ra, Bankning manfaatdor xalqaro investitsion kompaniyalar hamda biznes-akseleratorlar bilan ikki tomonlama hamkorligini yanada kengaytirish kutilmoqda.
Aytish joizki, mazkur onlayn uchrashuvlar O‘zsanoatqurilishbankning tashqi mavqeiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi, xalqaro kapital bozoridagi imijini yuksaltiradi.
Bank Axborot xizmati
Вернуться назад
25 Другие новостиOʻzsanoatqurilishbank Oʻzbekistonda yashil iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlamoqdaXalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklaymiz! «O‘zsanoatqurilishbank» ATB va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsiyasi 25 mln. AQSh dollariga teng moliyalashtirish liniyasi to‘g‘risida bitim imzoladiToshkent shahrida «Oqlon» texnologiya parki ochildi
O‘zsanoatqurilishbank
АКБ «Узпромстройбанк» был основан в 1922 году как Промышленный банк. В 1991 году банк преобразован в акционерно-коммерческий. В 2009 году изменено наименование на открытый акционерный коммерческий банк «Узбекский промышленно-строительный банк» (АКБ «Узпромстройбанк»).
O‘zsanoatqurilishbank «Global Emerging Markets Corporate Conference-2021»da ishtirok etdi