Oʻzsanoatqurilishbank tizimida yashil loyihalarni moliyalashtirishga ustuvor ahamiyat berilmoqda
Joriy yilning 17-avgust kuni Milliy matbuot markazida Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan yashil loyihalarni moliyalashtirish samaradorligi va istiqbollariga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Tadbirda bank rahbariyati, tegishli tarkibiy boʻlinmalar masʼullari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Jahon miqyosida jadallashayotgan sanoatlashtirish va aholi sonining ortishi iqtisodiyotning resurslarga boʻlgan ehtiyojini sezilarli darajada oshirmoqda, atrof-muhitga salbiy antropogen taʼsirni kuchaytirib, issiqxona gazlari ajratmalarining ortishiga olib kelmoqda.
Shu bois davlatimiz rahbari boshchiligida “yashil taraqqiyot” borasidagi xalqaro saʼy-harakatlar qoʻllab-quvvatlanmoqda, ushbu yoʻnalishda muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2017-yilda imzolangan Parij bitimiga koʻra, hukumatimiz tomonidan 2030-yilga borib havoga zararli gazlar chiqarishni 10 foizga kamaytirish majburiyati olindi, Prezidentimizning 2019-yil 4-oktyabrdagi “2019-2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, shu yillarga moʻljallangan hukumat strategiyasi ishlab chiqildi.
Taʼkidlash joiz, soʻnggi yillarda keng koʻlamli transformatsiya jarayonlarini amalga oshirayotgan Oʻzsanoatqurilishbank tizimida mazkur yoʻnalishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Xalqaro moliya korporatsiyasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda ilk bor Bankda “Green banking” loyihasi amalga tatbiq etildi. Bankning barcha hududiy filiallarida yashil loyihalar shakllantirilib, ularni moliyalashtirish uchun qoʻshimcha mablagʻlar jalb qilinmoqda.
Shu maqsadda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan imzolangan bitimga koʻra, (umumiy hajmi 25 mln. dollarga teng) oʻzlashtiriladigan mablagʻlar milliy va xorijiy valyutada jalb qilinishi, ular tomonlar kelishuviga koʻra, kichik va oʻrta biznes sohasidagi yashil loyihalarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi rejalashtirilgan.
“Green banking” yoʻnalishida Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan belgilangan vazifalar ham bosqichma-bosqich bajarilib kelinmoqda. Xususan, “Ekologik va ijtimoiy xavflarni boshqarish” siyosati qabul qilinib, Bank Kredit siyosatiga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi. Endilikda, bank kredit ajratish jarayonida ekologik va ijtimoiy xavflar inobatga olinadi.
Korporativ biznes (Corporate Green Loan), kichik va oʻrta biznes (SME Green Loan) hamda chakana biznes (ipoteka krediti) tarmogʻidagi mijozlar uchun yashil mahsulotlar ishlab chiqildi.
Bank binolarida energoaudit oʻtkazish masalasi yuzasidan texnik topshiriqnoma ishlab chiqilib, bu borada Xalqaro moliya korporatsiyasi ekspertlari yordamida zarur ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilda Navroʻz bayrami arafasida oʻtkazilgan umumxalq hashari doirasida Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi Muruvvat mahallasida koʻcha-koʻylarni obodonlashtirish, koʻmakka muhtoj oilalar xonadonlarini koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Shuningdek, Chirchiq, Boʻka va Angren shaharlarida Bank xodimlari ishtirokida 11 ta mahalla guzari hamda 2 ta masjid hududlarida jami 450 tup mevali va manzarali koʻchatlar ekildi.
Anjumanda yashil loyihalarni moliyalashtirishning samaradorligi va istiqbollari xususida toʻxtalinib, bu boradagi saʼy-harakatlarning barchasi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotini yaxshilashga, iqtisodiyotda energiya samaradorlikni oshirib, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga olib kelinishi taʼkidlandi.
– Bunda elektr, suv, gaz va boshqa tabiiy resurslarning tejalishi va chiqindilarning kamayishi hisobiga korxonalarning ishlab chiqarish harajatlari arzonlashadi, bir-birlik mahsulotga boʻlgan xarajatning pasayishi, mahsulotlar raqobatbardoshligining oshishi hisobiga tadbirkor daromadi ortadi, – deydi “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB “Green banking” boshqarmasi boshligʻi Bobur Sultonmurodov. – Ishlab chiqarish tizimini modernizatsiyalash natijasida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, mahsulot yetishtirish va/yoki yetkazib berish hajmini koʻpaytirish, shuningdek, mahsulot sifatini yaxshilab, eksport salohiyatini rivojlantirishga erishiladi. Ekologik jihatdan esa, zararli gaz chiqindilarining kamayishiga, tabiiy resurslarning tejashlishiga hamda biosferaning saqlanishiga munosib hissa qoʻshiladi.
Tadbirda Bank tomonidan yashil loyihalarni moliyalashtirish doirasida “Toshshahartransxizmat” AJga elektrobus sotib olish, “ZAMON TEKS” masʼuliyati cheklangan jamiyatining faoliyatini kengaytirish, “Neo Story Invest” hamda “Asia carpet textile” korxonalarining ishlab chiqarish liniyalarini modernizatsiya qilish singari loyihalar yuzasidan axborot berildi.
Bank Axborot xizmati
Вернуться назад
15 Другие новости"O'zsanoatqurilishbank" ATB bolalar tabrik rasmlari bўiicha ijodiy tanlov e'lon qiladi!O‘zsanoatqurilishbank tomonidan O‘zbekistonda birinchi bo‘lib Mastercard orqali pul o‘tkazmalari yo‘lga qo‘yildiOʻzsanoatqurilishbankda investorlar bilan navbatdagi onlayn uchrashuv oʻtkazildi2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish strategiyasi loyihasi muhokama etildi
Узпромстройбанк
АКБ «Узпромстройбанк» был основан в 1922 году как Промышленный банк. В 1991 году банк преобразован в акционерно-коммерческий. В 2009 году изменено наименование на открытый акционерный коммерческий банк «Узбекский промышленно-строительный банк» (АКБ «Узпромстройбанк»).
Oʻzsanoatqurilishbank tizimida yashil loyihalarni moliyalashtirishga ustuvor ahamiyat berilmoqda