JET: Какие автомобили можно приобрести в рассрочку в Узбекистане 2025 году? Подробнее

Oʻzsanoatqurilishbank xalqaro moliya institutlari va banklar bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

30.09.2021
Oʻzsanoatqurilishbank xalqaro moliya institutlari va banklar bilan hamkorlikni kengaytirmoqda Joriy yilning 30-sentyabrida „Oʻzbekiston: iqtisodiy islohotlarning yutuqlari va ularning istiqbollari“ mavzusidagi Oʻzbekiston iqtisodiy forumi doirasida Oʻzsanoatqurilishbank xorijiy hamkorlar bilan umumiy miqdori 71,6 million AQSH dollarini tashkil etuvchi bir qator bitimlar imzoladi. Oʻzsanoatqurilishbank va ICBC Standard Bank (Buyuk Britaniya) oʻrtasida 25 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit bitimi hamda banklar oʻrtasida xalqaro hisob-kitoblar, gʻaznachilik operatsiyalari, savdo va loyihalarni moliyalashtirish sohasidagi munosabatlarni mustahkamlash hamda bank xodimlari uchun oʻquv kurslar, seminarlar, treninglar va amaliyot dasturlari tashkil qilishni koʻzda tutuvchi Oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.  Savdo-moliyalashtirish yoʻnalishida imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Oʻzsanoatqurilishbank Osiyo taraqqiyot banki (OTB) bilan 16,6 million AQSH dollari miqdoridagi „Revolver kredit liniyasini taqdim etish toʻgʻrisida“gi Bitim va „AK BARS“ banki (Rossiya Federatsiyasi) bilan savdoni moliyalashtirish boʻyicha 30 mln. AQSH dollari miqdoridagi Hadli Bitim imzoladi.  Ushbu bitimlar Oʻzsanoatqurilishbank hududiy boʻlinmalari orqali tadbirkorlik subyektlariga, shu jumladan kichik va oʻrta biznesning dolzarb loyihalariga yoʻnaltirilayotgan moliyaviy resurslar hajmini oshirishga imkon yaratadi.  Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi “2020-2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida” Farmoni Oʻzsanoatqurilishbankning xalqaro moliya institutlari va banklar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish imkonini yaratdi, bu esa Bankka nisbatan xalqaro investorlar ishonchining ortishida muhim omil boʻlmoqda. Bank Axborot xizmati Вернуться назад 24 Другие новостиOʻzsanoatqurilishbankda Oʻqituvchi va murabbiylar kuni yangicha ruhda oʻtkazildiOʻzsanoatqurilishbank J.P.Morgan tomonidan tashkil etilgan «Emerging Markets Credit Conference» anjumanida ishtirok etdiQadrli do‘stlar, pullaringizni qo‘lga kiritish maqsadida jinoyatchilar ishlatadigan hiylalarni yana bir bor eslatib o‘tamizOʻzsanoatqurilishbank rahbarlari ishga velosipedda kelishda namuna boʻlmoqda
Узпромстройбанк АКБ «Узпромстройбанк» был основан в 1922 году как Промышленный банк. В 1991 году банк преобразован в акционерно-коммерческий. В 2009 году изменено наименование на открытый акционерный коммерческий банк «Узбекский промышленно-строительный банк» (АКБ «Узпромстройбанк»).            
Источник: Uzsanoatqurulishbank
Похожие новости
В Ташкенте пройдёт конференция Key Tech: о будущем финансовых технологий и ИИ в банках и финтехе

12.06.2025

В Ташкенте пройдёт конференция Key Tech: о будущем финансовых технологий и ИИ в банках и финтехе

Куда уходят деньги?

09.06.2025

Куда уходят деньги?

Когда любимая еда приходит со скидкой — день точно удался.

10.06.2025

Когда любимая еда приходит со скидкой — день точно удался.



Система Orphus