Oʻzsanoatqurilishbank YETTBning “Tavakkalchiliklarni taqsimlash boʻyicha dasturi” doirasida birinchi loyihani amalga oshirdi

11.10.2021
Oʻzsanoatqurilishbank YETTBning “Tavakkalchiliklarni taqsimlash boʻyicha dasturi” doirasida birinchi loyihani amalga oshirdi Joriy yilning 8-oktyabr kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB)ning “Tavakkalchiliklarni taqsimlash boʻyicha dasturi” (“Risk Sharing Facility” – RSF) doirasida “Samarkand England Eco-Medical” qoʻshma korxonasi loyihasi uchun kredit bitimi imzolandi. Loyiha Oʻzbekiston Respublikasida tabletkali va kapsulali preparatlar hamda infuzion eritmalarni ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Moliya bozoridagi faolligi va kuchli mavqeyi tufayli Oʻzsanoatqurilishbank shu yilning 9-iyun kuni YETTB birinchi vitse-prezidenti Yurgen Rigterink boshchiligidagi delegatsiyaning Oʻzbekistonga tashrifi davomida “Tavakkalchiliklarni taqsimlash boʻyicha dasturi” amalga oshirilishi boshlangan banklar roʻyxatini yana bittaga toʻldirdi.  Yangi dastur – bu maxsus moliyalashtirish mexanizmi boʻlib, u Oʻzsanoatqurilishbankka oʻrta va kichik biznes sektori mijozlarining kredit resurslarga boʻlgan ehtiyojlarini tavakkalchiliklarni taqsimlash hamda YETTB bilan hamkorlikda mijozlarga birgalikda kreditlashni taqdim etish imkonini yaratadi.  Ushbu dastur doirasida yuqori investitsion reytingga ega YETTB hammoliyalashtiruvchi sifatida yoki paritet asosida kafolatlarni taqdim etish orqali amalga oshirilayotgan loyihalarda Oʻzsanoatqurilishbankning har bir mijozi tavakkalchiliklarini oʻz zimmasiga oladi. Kreditlash shartlari Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan YETTB bilan kelishilgan holda belgilanib, AQSH dollari va Yevro pul birligida ajratiladi. Shuningdek, milliy valyutada kreditlash borasida ham katta imkoniyat koʻzda tutilgan.  «Samarkand England Eco-Medical» MCHJ QK 2012-yilda Samarqand shahrida tashkil etilgan. Natriy xlorid, glyukoza, aminokislota kabi ichki tomir infuzion eritmalarni tayyorlaydigan eng yirik mahalliy ishlab chiqaruvchilardan hisoblangan ushbu korxonaning yillik ishlab chiqarish hajmi  25,0 mln. dona yoki 6,5 mln. AQSH doll. tengdir. Bank Axborot xizmati Вернуться назад 31 Другие новостиOʻzsanoatqurilishbankda transformatsiya: Buxoroda mijozlarga xizmat koʻrsatishning yangi tizimi ishga tushirildiOʻzsanoatqurilishbankda Turkiyaning Maltepe universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazildiOʻzsanoatqurilishbankda Oʻqituvchi va murabbiylar kuni yangicha ruhda oʻtkazildiOʻzsanoatqurilishbank xalqaro moliya institutlari va banklar bilan hamkorlikni kengaytirmoqda
O‘zsanoatqurilishbank АКБ «Узпромстройбанк» был основан в 1922 году как Промышленный банк. В 1991 году банк преобразован в акционерно-коммерческий. В 2009 году изменено наименование на открытый акционерный коммерческий банк «Узбекский промышленно-строительный банк» (АКБ «Узпромстройбанк»).            
Источник: Uzsanoatqurulishbank
Похожие новости
Платёжный стикер AVO: удобство и безопасность рядом

20.11.2024

Платёжный стикер AVO: удобство и безопасность рядом

Push30 дарит возможность начать новый год с ярких впечатлений!

14.11.2024

Push30 дарит возможность начать новый год с ярких впечатлений!

AVO bank: укрепление позиций на финансовом рынке страны

06.11.2024

AVO bank: укрепление позиций на финансовом рынке страны



Система Orphus