АКБ Tenge Bank запустил акцию «Удачный депозит» Подробнее

O‘zsanoatqurilishbankda transformasiya jarayonlari uchinchi bosqichga o‘tdi

30.03.2021
O‘zsanoatqurilishbankda transformasiya jarayonlari uchinchi bosqichga o‘tdi
        Bugun, joriy yilning 30 mart kuni Milliy matbuot markazida “O‘zsanoatqurilishbank tizimida transformasiya jarayonlari: natijalar va yaqin istiqboldagi rejalar” mavzuida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda bank rahbariyati, tegishli tarkibiy bo‘linmalar mas'ullari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
        Prezidentimizning 2020 yil 12 maydagi “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni bank sektoridagi qator masalalar yechimida muhim qadam bo‘ldi. Sohada davlat aralashuvi sezilarli darajada kamaydi, davlat ishtirokidagi banklarda menejment va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatini oshirishga qaratilgan jiddiy choralar ko‘rildi, iqtisodiyotda moliyaviy vositachilik darajasi yuksaldi. Shuningdek, bank xizmatlari ommabopligi oshirilmoqda, banklarning hududlarga kirib borishi kengaytirilib, barcha aholi punktlarida bir xil turdagi xizmat ko‘rsatilishiga erishilmoqda.
        Matbuot anjumanida Bank Boshqaruv raisi o‘rinbosari Zafar Azimov shular xususida so‘z yuritib, O‘zsanoatqurilishbank tizimida amalga oshirilayotgan ushbu yo‘nalishdagi o‘zgarishlar muassasaning yangi biznes modeliga asoslangan transformasiya ishlarida aks etayotganligini ta'kidladi. – Davlatimiz rahbarining yuqoridagi farmonida ilg‘or bank biznesini yo‘lga qo‘yish uchun xalqaro talablarga mos bo‘lgan korporativ boshqaruv va risk menejment tizimini yaratish lozimligi alohida belgilab berilgan, – deydi Z.Azimov. – Bankimiz tomonidan Xalqaro moliya korporatsiyasi hamda Yevropa tiklanish  va taraqqiyot banki maslahatchilari ko‘magida olib borilayotgan transformasiya jarayonida, avvalo ushbu vazifalar ijrosiga e'tibor qaratildi. Jumladan, jahon bank hamjamiyati standartlariga mos korporativ boshqaruv tashkil etildi, risk menejment tizimi takomillashtirildi. Buning uchun Bosh bankda Korporativ boshqaruv xizmati hamda korporativ maslahatchi lavozimi joriy qilindi. Kengash tarkibiga 4 nafar xalqaro tajribaga ega mustaqil a'zo qo‘shildi. Kengash huzurida 5 ta yangi qo‘mita (Strategiya, Tayinlash va rag‘batlantirish, Yirik va manfaatli bitimlar, Tavakkalchiliklarni nazorat qilish, Audit qo‘mitalari) tashkil qilindi. Mijozlarga yo‘naltirilgan Bankning yangi tashkiliy tuzilmasi joriy qilindi. Xalqaro tajriba asosida tashkiliy tuzilmalar 5 ta, jumladan, Korporativ, kichik va o‘rta biznes, chakana biznes, Kredit, Operasion, Risk, Moliya bloklariga ajratildi. Risk bloki rahbarligiga AQShdagi yirik banklarda faoliyat yuritgan yuqori malakali mutaxassis, vatandoshimiz A.Hamidov taklif qilindi. 
Shuningdek, Bankda birinchi marta Loyiha boshqaruvi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Har bir biznes yo‘nalishlarida mijozbay xizmat ko‘rsatuvchi universal xodimlar tayyorlandi.
       Moliyaviy rejalashtirish ishlarini avtomatlashtirish yo‘nalishida Germaniyaning SAP kompaniyasi dasturi asosida moliyaviy prognozlashtirish tizimi, CERT xalqaro standartlashtirish tashkiloti bilan hamkorlikda “antikorrupsiya” tizimi ishga tushirildi.
       Chakana bank biznesida amalga oshirilayotgan transformasiya ishlarida Bank xizmatlarini xalqqa ilg‘or texnologiyalar asosida oddiy va qulay tarzda yetkazishga ustuvor ahamiyat berildi.
Xususan, bank xizmatlarini mijozlarga yaqinlashtirish maqsadida bank xizmatlari ofislari 42 taga, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish markazlari (24/7) 89 taga yetkazildi.
       Raqamli bank xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lida aholi uchun mutlaqo yangi 58 ta xizmat turini o‘z ichiga olgan “Joyda” mobil ilovasi ishga tushirildi. Ilova bilan birgalikda xizmat va tovarlarni iste'mol krediti hisobiga masofadan sotib olish imkonini beruvchi elektron savdo maydonchasi (marketpleys) tashkil etildi.
Visa kartalari uchun 3D Secure himoya tizimi ishga tushirildi.
Chakana biznes yo‘nalishida ishlayotgan barcha xodimlarni KPI tizimi asosida rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yildi.
Mijozlarni tezkor kreditlash maqsadida tadbirkorlar uchun 26 turdagi, yirik korxonalarga 8 turdagi va aholi uchun 22 turdagi modulli kreditlar joriy qilindi. 
      Tadbirkorlar va aholini kreditlashda inson omili ishtirok etmaydigan yangi skoring tizimiga asoslangan Anderrayting yo‘lga qo‘yildi. Bu bilan avvalgi 5 pog‘onali kreditlash tizimi 2 pog‘onaliga tushirildi.
O‘zbekistonda birinchi bo‘lib yashil loyihalarni moliyalashtirish mexanizmi ishga tushirildi. 
Bankni to‘liq avtomatlashtirish uchun salohiyatli IT mutaxassislar tayyorlash maqsadda Toshkentdagi Inxa universitetida Moliyaviy texnologiyalar markazi tashkil etildi. Natijada, 2020 yilda 32 nafar yosh dasturchi ishga olinib, Dasturchilar guruhiga asos solindi.
      Shuningdek, Bank tomonidan xodimlar malakasini oshirishga ham alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Birgina 2020 yilda 3532 nafar xodim qisqa muddatli onlayn kurslarda o‘qitildi. Jumladan, Yevropa  tiklanish va taraqqiyot bankining onlayn platformasida 1816 nafar, bankning o‘zida tashkil etilgan “E-learning” tizimida 1339  nafar, videovebinarlarda esa 421 nafar xodim malakasi oshirildi. Bankning O‘quv markazi tomonidan 110 ta mavzuda o‘quv kurslari tashkil etildi. 
Matbuot anjumanida jurnalistlar Bankning 2021 yilga mo‘ljallangan istiqbolli rejalari bilan tanishtirildi. – Joriy yildan Bank faoliyatini transformasiya qilishning 3-bosqichi bo‘yicha jarayonlar boshlandi, – dedi Bank Axborot xizmati rahbari B.Bozorov. – Bu yilgi loyihalarning ham har biri mijozlarga yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatlidir. Xususan, Bank filillari ixcham sotuv kanallariga aylantiriladi, mijozbay ishlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi, Bek-ofis funksiyalari markazlashtiriladi, mijozlarga respublikaning istalgan hududida “yagona oyna” tamoyili asosida xizmat ko‘rsatish imkonini beruvchi CRM tizimi ishga tushiriladi va h.k.
Tadbir savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.
Matbuot anjumanini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: https://youtu.be/wQhMTfNVyEk
Узпромстройбанк АКБ «Узпромстройбанк» был основан в 1922 году как Промышленный банк. В 1991 году банк преобразован в акционерно-коммерческий. В 2009 году изменено наименование на открытый акционерный коммерческий банк «Узбекский промышленно-строительный банк» (АКБ «Узпромстройбанк»).            
Источник: Uzsanoatqurulishbank
Похожие новости
СООБЩЕНИЕ ЦЕНТРАЛЬНОГО БАНКА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН

20.08.2021

СООБЩЕНИЕ ЦЕНТРАЛЬНОГО БАНКА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН

cbu.uz

Центральный банк продолжает системную работу по повышению финансовой грамотности женщин в регионах

20.08.2021

Центральный банк продолжает системную работу по повышению финансовой грамотности женщин в регионах

cbu.uz

Центральные банки Республики Узбекистан и Турецкой Республики заключили Меморандум о взаимопонимании

18.08.2021

Центральные банки Республики Узбекистан и Турецкой Республики заключили Меморандум о взаимопонимании

cbu.uz



Система Orphus