JET: На какой срок лучше открывать вклад в Узбекистане? Подробнее

“SQB Business” internet bank dasturi “Dibank” xizmatiga ulandi

04.04.2023
“SQB Business” internet bank dasturi “Dibank” xizmatiga ulandiOʻzsanoatqurilishbank tizimida “SQB Business” internet bank dasturining “Dibank” xizmatiga integratsiya ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Endilikda bank mijozlari boʻlgan yirik korxonalar va tadbirkorlik subyektlari toʻlovlar bilan bogʻliq amaliyotlarni oson amalga oshiradi. Xizmatlar bozorida innovatsion yondashuvlar, ayniqsa, bank sohasida koʻp koʻzga tashlanmoqda. Texnologik tendensiyalar, isteʼmolchilar talabining oʻsishi va tizimni transformatsiya qilish zarurati bu borada muhim omildir. Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan ham mijozga yoʻnaltirilgan qator innovatsion loyihalar tatbiq etilmoqda. Ulardan biri – “Dibank” xizmati. Xizmat yordamida endi barcha bank hujjatlari toʻgʻridan-toʻgʻri “1C” yoki “Didox” dasturidan yuboriladi va qabul qilinadi. Bu bilan korxonalarning toʻlovlar bilan bogʻliq amaliyotlari teng yarmiga qisqaradi, toʻlovlar yanada xavfsizroq boʻladi, jarayonda inson omili va xarajatlar kamayadi. Xizmatdan foydalanish uchun mijozlar oʻzlarining “1C” dasturida “Dibank” hisobini yaratishi va tizimga bankni qoʻshishi lozim boʻladi. Shundan soʻng ular quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi: – “SQB Business” dasturidan hisobotni yuklamasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri bank koʻchirmasini olish; – tayyor toʻlov topshiriqnomalarini, shuningdek, ish haqi boʻyicha koʻchirmalarni bank tizimida qoʻlda takrorlamasdan darhol “1C”dan yuborish. Shuningdek, ushbu xizmat bilan kiruvchi toʻlovlar, memorial orderlar, toʻlov talabnomalari va inkassa topshiriqlari boʻyicha hisobdan chiqarishlar osonlashtirildi. Plastik kartalarga oylik maoshlarni tushirish boʻyicha reyestr shakllantirish uchun vaqt sarflashning oldi olindi. ⠀Batafsil ma’lumotni dibank.uz saytida yoki Bank aloqa markazi (1180, 71 200-43-43) orqali olish mumkin.Bank Axborot xizmati Вернуться назад 38 Другие новости Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildiQurilish materiallari sanoatiga bagʻishlangan xalqaro anjuman oʻtkazildiJoriy yilda sement ishlab chiqarish quvvati qoʻshimcha 5,8 mln. tonnaga oshadiOʻzsanoatqurilishbank mahalliylashtirish dasturida faol
Узпромстройбанк АКБ «Узпромстройбанк» был основан в 1922 году как Промышленный банк. В 1991 году банк преобразован в акционерно-коммерческий. В 2009 году изменено наименование на открытый акционерный коммерческий банк «Узбекский промышленно-строительный банк» (АКБ «Узпромстройбанк»).            
Источник: Uzsanoatqurulishbank
Похожие новости
Банкир махалли SQB — рядом, когда важнее всего

04.07.2025

Банкир махалли SQB — рядом, когда важнее всего

Акция от SQB Insurance: Не упустите летние возможности!

04.07.2025

Акция от SQB Insurance: Не упустите летние возможности!

В SQB Bank — новое решение для прозрачного кредитования

04.07.2025

В SQB Bank — новое решение для прозрачного кредитования



Система Orphus