Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yilida Jizzax viloyati qishloqlarida bank kreditlaridan foydalanib, o'z ishini yo'lga qo'yayotgan, faoliyat ko'lamini yanada kengaytirayotgan tadbirkorlar soni ortib borayotir.
– "Agrobank"ning Zarbdor tuman bo'limidan kredit olib, issiqxona qurdim, – deydi tadbirkor Bahrom Egamberdiyev. – Tabiiy gazdan foydalanuvchilarga zararimiz tegmasligi uchun issiqxonani ko'mir yoqishga moslashtirib qurganmiz. Yangi yil arafasida pomidor, bodring va boshqa mahsulotlarni sotuvga chiqaramiz, deb xabar beradi O'zA.
Tumanda bank krediti bilan faoliyatini kengaytirayotgan bunday tadbirkorlar ko'p. Yilning o'tgan to'qqiz oyida bank kreditlari yordamida ular tomonidan beshta issiqxona qurib ishga tushirildi. "Mikrokreditbank"ning mablag'i bilan "O'tkir polvon" fermer xo'jaligi sutni qaytash ishlash korxonasi uskunalari, "Jangovul" fermer xo'jaligi makaron ishlab chiqaruvchi mini-texnologiya keltirib o'rnatdi. Kredit yordamida o'z faoliyatini yo'lga qo'ygan "Jizzax javohiri" xususiy firmasi qishloq aholisiga qurilish materiallari yetkazib berayotir.
Tumanda Inqirozga qarshi choralar dasturi ijrosi doirasida bank kreditlaridan samarali foydalanilmoqda. Shu dastur asosida bank kreditlari yordamida oltita yirik va 126 kichik korxonaning faoliyati yaxshilandi.
Bank kreditlaridan maqsadli foydalanish natijasida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari rivojlanib, yangi ish joylari ochilmoqda. Belgilangan dasturlarning amalga oshirilishi natijasida yilning o'tgan to'qqiz oyida tumanda ikki mingga yaqin ish o'rni yaratildi.
09.09.2019
“Ўзсаноатқурилишбанк”нинг махсус бўлими очилди
14.02.2011
Muvaffaqiyatli mikromoliyalash kaliti: yanada yaxshi natijalarga erishish uchun boshqarish san`ati
11.02.2011
Муваффақиятли микромолиялаш калити: янада яхши натижаларга эришиш учун бошқариш санъати
Bank tadbirkorlarga madadkor