Объявлен рейтинг лучших мобильных приложений банков Узбекистана Подробнее

Kredit uyushmalari barqarorligini ta'minlash va ularni yanada rivojlantirish

24.11.2009

Bugungi kunda kredit uyushmalari ham tijorat banklari qatorida mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatish sohasida muhim o'rin tutmoqda.

Kredit uyushmalarining faoliyati birinchi navbatda respublikamizning uzoq tumanlarida yashovchi aholining, shuningdek kichik biznes va xususiy tadbikorlik sub'ektlarining moliyaviy resurslarga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishga qaratilgandir.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya sohasini rivojlantirish Agentligi hamkorligida tashkil etilgan seminar kredit uyushmalari tizimida barqarorlikni ta'minlash va ularni yanada rivojlantirish masalalariga bag'ishlandi. Unda kredit uyushmalarining kengash raislari hamda ijro etuvchi organ rahbarlari ishtirok etdilar.

Seminar davomida nobank kredit tashkilotlarida ichki nazoratni tashkil etish, kredit uyushmalari tizimidagi asosiy ko'rsatkichlarning o'zgarish tendentsiyasi va tizimni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, kredit uyushmalari tomonidan hisobotlarni tuzish va ularni taqdim etish hamda kredit uyushmalari faoliyatini tahlili va ularni joyida tekshiruvdan o'tkazish jarayonida aniqlanayotgan kamchiliklar hamda ularni bartaraf qilish masalalari ko'rib chiqildi.

Seminar davomida ishtirokchilar kredit uyushmalari tizimini yanada mustahkamlash, ular faoliyatini tashkil etish va tartibga solish bo'yicha mavjud me'yoriy-huquqiy bazani takomillashtirib borish borasidagi o'z takliflarini bildirishdi.

Shuningdek, seminar davomida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar oldilar.

 

Источник: Markaziy bank

Похожие новости
“Ўзсаноатқурилишбанк”нинг махсус бўлими очилди

09.09.2019

“Ўзсаноатқурилишбанк”нинг махсус бўлими очилди

Muvaffaqiyatli mikromoliyalash kaliti: yanada yaxshi natijalarga erishish uchun boshqarish san`ati

14.02.2011

Muvaffaqiyatli mikromoliyalash kaliti: yanada yaxshi natijalarga erishish uchun boshqarish san`ati

Муваффақиятли микромолиялаш калити: янада яхши натижаларга эришиш учун бошқариш санъати

11.02.2011

Муваффақиятли микромолиялаш калити: янада яхши натижаларга эришиш учун бошқариш санъати



Система Orphus