Guliston markaziy dehqon bozorida xaridorlar plastik kartochkalar orqali qishloq xo’jalik mahsulotlarini xarid qilish imkoniga ega bo’ldi.
“Sirdaryomatlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi mazkur bozorda yaratilgan bu qulaylik aholiga manzur bo’lmoqda. Kompaniya tomonidan dehqon va fermer xo’jaliklari, aholi xonadonlaridan sotib olingan meva, sabzavot va poliz mahsulotlari bozordagi shoxobchalarga keltirilib, arzon narxlarda iste’molchilarga yetkazib berilmoqda. Bugungi kunda bozor rastasidagi sakkizta savdo shoxobchasiga terminallar o’rnatildi.
– Plastik kartochkalar orqali kuniga 500-600 ming so’mlik go’sht mahsulotlari sotyapmiz, – deydi go’sht do’koni sotuvchisi Anvar Mamanazarov. – Naqd pulsiz savdo qilinayotgani xaridorlarga ma’qul kelmoqda.
D.Esonova
Qulay to'lov vositasi