Объявлен ТОП20 лучших карт Visa Classic. Лидер рейтинга Infin Bank Подробнее

Mijozlar manfaati ustuvor

07.01.2010

Mamlakatimizda Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida bank-moliya tizimini takomillashtirish, iqtisodiyotning real sektoriga ajratilayotgan kreditlar miqdorini ko‘paytirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Urganch bo‘limida iste’mol bozorini mahalliy xomashyo asosida ishlab chiqarilgan tovarlar bilan to‘ldirish, jahon andozalari darajasidagi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

– Bankimiz tomonidan ajratilayotgan kreditlarning salmoqli qismi qishloq xo‘jaligi sohasiga yo‘naltirilmoqda, – deydi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Urganch bo‘limi boshqaruvchisi Anvar Avezov. – 2009 yilda fermer xo‘jaliklarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun berilgan kreditlar hisobiga to‘rtta kombayn, ellikka yaqin traktor va boshqa texnikalar keltirildi. Yangibozor tumanidagi “Yashnarbek bog‘i” fermer xo‘jaligi salkam bir gektar maydonda issiqxona barpo etib, meva-sabzavotchilikni yo‘lga qo‘ydi.

So‘nggi yillarda aholining zamonaviy turar-joyga talabi oshib borayotgani, qishloqlarimizda qulay va shinam uylar, muhtasham madaniy-maishiy inshootlar qad rostlayotgani quvonarli. Bu, o‘z navbatida sifatli, import o‘rnini bosuvchi qurilish materiallari ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirishni taqozo etmoqda. Mazkur sohada ham muassasamiz tadbirkorlarga moliyaviy ko‘maklashmoqda. O‘tgan yili Shovot tumanidagi “Dilshod g‘isht qurilish” va “G‘isht ta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari bankimiz ajratgan 120 ming AQSH dollari miqdoridagi kredit hisobiga zamonaviy minitexnologiya keltirib, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahsulot hajmini oshirish imkoniga ega bo‘ldi.

Shu o‘rinda davlatimiz rahbarining 2009 yil 6 aprelda qabul qilingan “Tijorat banklari depozitlariga aholi va xo‘jalik subyektlari bo‘sh pul mablag‘larini jalb etishni yanada rag‘batlantirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va sifatini oshirishda muhim omil bo‘layotganini ta’kidlab o‘tish joizdir.

Ushbu qaror ijrosi yuzasidan joylardagi mavjud savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida nazorat-kassa mashinalaridan to‘liq foydalanish va to‘lovlarning plastik kartochkalar orqali amalga oshirilishini ta’minlash qat’iy nazorat qilinmoqda. Shuning barobarida bo‘sh pul mablag‘larini harakatga keltirish uchun fuqarolarni bank bilan ishlashga o‘rgatish va albatta, omonatchilarning huquqini muhofaza qilib, bankka bo‘lgan ishonchini oshirish tadbirlari ham doimiy diqqat markazimizda turibdi. Ayni maqsadda jozibali omonat turlarini joriy etib, mijozlarga birinchi talabidayoq pul mablag‘larini berishga harakat qilmoqdamiz.

Sh.Xudoyberganov

Похожие новости
“Ўзсаноатқурилишбанк”нинг махсус бўлими очилди

09.09.2019

“Ўзсаноатқурилишбанк”нинг махсус бўлими очилди

Muvaffaqiyatli mikromoliyalash kaliti: yanada yaxshi natijalarga erishish uchun boshqarish san`ati

14.02.2011

Muvaffaqiyatli mikromoliyalash kaliti: yanada yaxshi natijalarga erishish uchun boshqarish san`ati

Муваффақиятли микромолиялаш калити: янада яхши натижаларга эришиш учун бошқариш санъати

11.02.2011

Муваффақиятли микромолиялаш калити: янада яхши натижаларга эришиш учун бошқариш санъати



Система Orphus