OAT “Aloqabank” aholiga qulayliklar yaratish maqsadida yangi “Qishki sarmoya” va “Antiqa” omonat turlarini muomalaga kiritdi. Quyida bu omonat turlari bilan tanishishingiz mumkin:
“Qishki sarmoya” omonati.
Omonatga mablag’lar faqat naqd pulda qabul qilinadi. Omonat muddati – 2, 6 va 12 oy. Yillik daromad
foizi – 32 %. Omonatga hisoblanadigan foiz daromadini har oyda olish mumkin.
“Antiqa” omonati.
Mablag’lar faqat OAT “Aloqabank” tizimi ichida naqd pulsiz shaklda qabul qilinadi. Omonat muddati – 3, 6, 9 va 12 oy. Yillik daromad foizi – 25 %. Omonatga hisoblanadigan foiz daromadini har oyda naqd pulda olish mumkin, ishlatilmagan foiz daromadi kapitallashtirilmaydi. Omonatga qo’shimcha badallar qo’yish yoki omonatni qisman berilishi amalga oshirilmaydi. Omonatning asosiy qismi uning egasiga naqd pulda qaytarilmaydi.
Источник: OAT “Aloqabank”
OAT “Aloqabank” yangi omonat turlarini muomalaga kiritdi