Yangi «Innovatsiya» Mini Banki ochildi!

05.09.2018

«ASIA ALLIANCE BANK» АTB Sizni yangi qulay «Innovatsiya» mini bankida keng doiradagi xizmatlarni taklif etadi.

Qulay joylashganligi, katta avtomobillar to’xtab turish joyi mavjudligi mini bankka kelishingizni yoqimli va har tomonlama qulaylikni his qilish imkonini beradi. Har bir tashrif buyuruvchi mini bankda o’rnatilgan zamonaviy axborot tablosi yordamida banqda yuz berayotgan yangiliklar va o’zgarishlar, uning tariflari va bank mahsulotlari ro’yhati bilan mustaqil ravishda tanishib chiqishi mumkin.

«Innovatsiya» mini bankida Siz quyidagi xizmatlardan foydalanishingiz mumkin:

Yuridik va jismoniy shaxslar uchun hisobvaraqlarni ochish va yuritish;

- Naqd pulda va plastik karta bo’yicha (alohida dizaynli plastik karta sovg’a qilinadi) mikroqarz berish (eng kam oylik ish haqining 100 baravarigacha);

- Ist’mol kreditlari berish (maishiy texnika, mebel, qurilish materiallari, aviachiptalar, tibbiy xizmatlar, bayram tantanalarini o’tkazish uchun);

- Avtokredit berish;

- Chet el valyutasini konvertatsiyalash;

- Pul o’tkazmalarini amalga oshirish;

- So’mdagi va xalqaro plastik kartalarini ochish;

- Omonatlarni rasmiylashtirish;

- Kommunal va boshqa to’lovlarni to’lash;

Mini bank joylashgan biznes markazning kutish xonasida tun- kun bankomat ishlaydi, u Sizga sutkaning istalgan vaqtida naqd pul olish imkonini beradi.

Kutish hududidagi shinamlik va qulaylik Sizga mini bankda yoqimli vaqt o’tkazishingizni ta’minlaydi, yuqori malakali xodimlar esa Sizga har qanday masalalar bo’yicha maslahatlashish va eng yuqori darajada xizmat ko’rsatilishi ta’minlaydi. Keling, bizning tariflarimiz va butun jamoaning xushmuomalalik bilan munosabati Sizni yoqimli hayratga soladi hamda «Innovatsiya» mini bankiga tashrifingiz yaxshi an’anaga aylanishiga yordam beradi.

Mini bank Toshkent shahrining eng markazida quyidagi manzil bo’yicha joylashgan: Nikus ko’chasi, 29-uy, “MBC” biznes markazining birinchi qavatida ( sobiq “Uzbekiston” maishiy xizmat ko’rsatish uyi.)

Источник: Bank.uz
Похожие новости
Оплачивайте онлайн покупки картой Visa и участвуйте в Акции!

20.10.2020

Оплачивайте онлайн покупки картой Visa и участвуйте в Акции!

Hamkorbank

Новые условия выделение Экспресс Микрозайма

20.10.2020

Новые условия выделение Экспресс Микрозайма

Hamkorbank

Оплачивайте онлайн покупки картой Visa и участвуйте в Акции!

16.10.2020

Оплачивайте онлайн покупки картой Visa и участвуйте в Акции!

Hamkorbank



Система Orphus