Toshkentda yangi bank ochildi - «Hi-Tech Bank»

18.01.2010

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010 yil 9 yanvardagi qaroriga muvofiq  «Hi-Tech Bank» (100060, Toshkent sh,  Taras Shevchenko ko'chasi, 35B, A-uy) xususiy yopiq aktsiyadorlik tijorat bankiga bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berildi va uni tijorat banklarini ro'yxatga olish davlat kitobiga qayd etdi.

Ustav kapitali 5250 mln. co'mdan ko'proq miqdorda shakllantirilib, uning 51 foizi jismoniy shaxslarning mablag'lari hisobiga tarkib topgan yangi bankning ochilishi mamlakat Prezidentining «Xususiy aktsiyadorlik tijorat banklari tuzishni rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoni talablarining izchil amalga oshirilayotgani tasdig'idir.

«Hi-Tech Bank» o'zining ustivor yo'nalishini ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, kichik va xususiy biznes loyihalarini moliyalash, mamlakatimizda yangi mulkdorlar sinfini shakllantirishga qaratmoqda.

Hozirgi paytda O'zbekistondagi tijorat banklari soni 31 taga etdi.

 

Источник: Markaziy bank

Похожие новости
“Ўзсаноатқурилишбанк”нинг махсус бўлими очилди

09.09.2019

“Ўзсаноатқурилишбанк”нинг махсус бўлими очилди

Muvaffaqiyatli mikromoliyalash kaliti: yanada yaxshi natijalarga erishish uchun boshqarish san`ati

14.02.2011

Muvaffaqiyatli mikromoliyalash kaliti: yanada yaxshi natijalarga erishish uchun boshqarish san`ati

Муваффақиятли микромолиялаш калити: янада яхши натижаларга эришиш учун бошқариш санъати

11.02.2011

Муваффақиятли микромолиялаш калити: янада яхши натижаларга эришиш учун бошқариш санъати



Система Orphus