Muvaffaqiyatli mikromoliyalash kaliti: yanada yaxshi natijalarga erishish uchun boshqarish san`ati

14.02.2011

7 fevral 2011 yil “Rovshan” mehmonxonasining majlislar zalida - Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) Xalqaro o`quv markazining (XO`M) o`quv moduliga ko`ra  “Muvaffaqiyatli mikromoliyalash kaliti: yanada yaxshi natijalarga erishish uchun boshqarish san`ati” (MMK) nomli ikki haftalik trening yangi sessiyasi o`z ishini boshladi. Trening 2011 yilning 18 fevralgacha davom etadi.

Mazkur trening O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki va BMT Taraqqiyot Dasturining “Mikromoliyalash tizimini rivojlanishini qo`llab-quvvatlash” qo`shma loyihasi doirasida Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bilan hamkorlikda hamda Mikrokredit tashkilotlari va kredit uyushmalari milliy assostiastiyasi (MTKUMA) ko`magida tashkil etilgan.

Xalqaro darajadagi mazkur trening O`zbekistonda ikkinchi marta o`tkazilmoqda va “MMK” sertifikatlash dasturi birinchi bosqichini joriy etish bo`yicha chora-tadbirlarni kengroq miqiyosda amalga oshirishga qaratilgan. Ya`ni ushbu treningning maqsadi 2010 yil iyun oyida tashkillashtirilgan birinchi trening doirasida O`zbekiston mikromoliya tashkilotlaridan mikromoliyalashtirish bo`yicha akkreditastiya qilingan milliy trenerlar jamoasini mikromoliya institutlari rahbariyati va menedjer xodimlari bilan to`ldirish hisoblanadi. O`z navbatida qatnashayotgan boshqaruv personali uchun trening malaka oshirishning noyob imkonini beradi. Trening BMTTD “Mikromoliyalashtirish tizimini rivojlantirishni qo`llab-quvvatlash” Loyihasining mikromoliya tizimi salohiyatini mustahkamlash hamda mikromoliya institularining omonat, kredit va boshqa xizmatlar taqdim etishga oid  faoliyatini takomillashtirishda ko`maklashish, shuningdek ularni salohiyatini mustahkamlash va ularni barqaror rivojlanishiga ko`maklashish  yo`nalishi doirasida tashkil etilgan.

Jahonda  mavjud bo`lgan mikromoliyalashtirish bo`yicha sertifikatlashtiruvchi dasturlar aksariyati yoki on-layn rejimida qulaydir, yoki mikromoliyalashtirishning alohida tarkibiy qismlariga qaratilgan bir martalik modullardan iboratdir. Oqibatda mikromoliyalashtirish haqida bundan ko`ra keng va aniq bilim olish uchun qator bunga o`xshash bir martalik treninglardan o`tish zarurati tug`iladi. Bir vaqtning o`zida, “Muvaffaqiyatli mikromoliyalash kaliti: yanada yaxshi natijalarga erishish uchun boshqarish san`ati” kursi mahalliy sharoitga moslashtirilgan, tugal va to`liq kurs hisoblanadi. Shu bilan birga, mazkur kurs mikromoliyalashtirishning barcha muhim jihatlarini qamrab oladi, MMT rahbarlariga mikrokreditlash dasturlarini samarali boshqarish hamda gender masalalarini mikromoliyashtirishda kengroq urg`u berish va aks ettirish ko`nikmalarini taqdim etish maqsadida maxsus ishlab chiqilgan. Kursning boshqa jihati unda qatnashish uchun ishtirokchilarni tanlab olish ham XMT qatori xalqaro miqiyosda qo`llab-quvvatlanadigan va ilgari suriladigan gender diskriminastiyasiga yo`l qo`ymaslik tamoyiliga asoslangan.

Qayd etish joizki, mazkur trening orqali 2010 yil noyabrida o`tkazilgan sertifikatlash dasturi 2-faza treningi doirasida tanlab olingan ayol trenerlar uchun “MMK” sertifikatlash dasturi yakunlovchi 3-faza tugallash bo`yicha imkoniyat yaratilgan. Bunda yakunlovchi 3-faza talablariga asosan tanlab olingan bo`lg`usi trenerlar mustaqil ravishda o`z treninglarini o`tkazishi hamda oldingi treninglar davomida egalagan bilim va ko`nikmalarini amaliy ravishda namoyon etishlari zarur. Ushbu jarayonni baholash uchun XMT XO`M akkreditastiyasidan o`tgan xalqaro treneri va mazkur kurs mualliflaridan biri Sheril Frankevich xonim ikkinchi marotaba tashrif buyurmoqda.

XMT akkreditastiyasini olgan trenerlar kelgusida Mikrokredit tashkilotlari va kredit uyushmalari milliy assostiastiyasi, shuningdek O`zbekiston kredit uyushmalari assostiastiyasi, O`zbekistondagi ayollarni huquqlarini himoya qilish va qo`llab-quvvatlash tashkilotlari hamda mahalliy tayyorlov markazlari bilan hamkorlikda shunga o`xshash treninglarni o`tkazish huquqiga va imkoniyatlariga ega bo`ladilar. Bu bilan aholi moliyaviy savodxonligi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil qilishning mavjud imkoniyatlri borasida uning xabardorligi oshirilishiga erishiladi.

Trening, birinchi navbatda, qatnashchilarni yanada yaxshi natijalarga erishish uchun asosiy boshqarish instrumentlari haqida bilimlarini oshirish, shuningdek ularga o`z mikrokredit tashkiloti yoki bo`limini yanada samarali boshqarish ko`nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Bundan tashqari, ikki haftalik tezkor trening davomida qatnashchilarda bir-birlari bilan masalalarni echish tajribalari hamda mavjud to`siqlarni bartaraf etish strategiyasi bilan o`rtoqlashish imkoni bo`ladi.

Shuningdek, trenerlar xalqaro tajribaga, gender masalalarini ham qamrab oluvchi xususiy illyustrastion hollarni va misollarni ishlab ko`rib chiqishga alohida e`tibor qaratadilar hamda qatnashchilarda mahalliy  sharoitda boshqaruvni takomillashtirishning qaysi usullari qo`llanishi mumkinligi borasida innovastion qarashlarni shakllantirishga harakat qiladilar.

Ma`lumo, Indoneziya, Peru va Boliviyada ishlagan hamda u erda 1997 yilda tadqiqot institutni tashkil etishga ko`mak bergan. U Xalqaro Mehnat Tashkilotining (Turin, Italiya) Xalqaro O`quv Markazi magistr treneri sanaladi va “Muvaffaqiyatli mikromoliyalash kaliti: yanada yaxshi natijalarga erishish uchun boshqarish san`ati” sertifikatlash dasturining ishlab chiqilishida rahbarlik qilgan. U, shuningdek mazkur dasturning ikki nashriga “Yanada yaxshi natijalarga erishish uchun boshqarish san`ati” va “Mahsulot diversifikastiyasini boshqarish”materiallariga hammualifdir. Frankevich xonim mikromoliyalashtirish bo`yicha ko`plab nashrlarnning muallifi hamda hammualif sanaladi, shu jumladan mahsulotni bozorda o`tkazish va mikromoliyalashtirishda mijozlarga xizmat ko`rsatish bo`yicha MicroSave nomli vositalar to`plami muallifi hisoblanadi. U Kolumbiya universitetining Xalqaro munosabatlar va Ottava universitetining Biznes boshqaruvi yo`nalishlarida magistr darajasini olgan. Ayni vaqtda Frankevich xonim mustaqil xalqaro maslahatchi sanaladi va Mozambikning Maputo shahrida istiqomat qiladi.

2) Sertifikatlashtirishning birinchi bosqichi eng avvalo mikromoliyalashtirishningturli jihatlari (24 modul) va mikromoliyalashtirish tashkilotlarini samarali boshqarishning turli vositalari hamda yondashuvlari bilan tanishishga yo`naltirilgan edi. Ikkinchi bosqich esa o`quv kursining mohiyati va metodologiyasi bilan tanishtirish, bo`lajak trenerlarning kattalarni o`qitish va ta`limning interaktiv usullari bo`yicha malakasini oshirishga yo`naltirilgan. Bundan tashqari, trenerlikka nomzodlarda o`z taqdimot malakalarini, tinglovchilarni motivastiya qilish (qiziqtirish) mahoratini, shuningdek tinglovchilar muammolari bilan ishlash mahoratlarini oshirish imkoniyati bo`lgan edi. Ishtirokchilar o`quv dasturi doirasida gender yondashuvini qamrab olish, vaqtni boshqarish hamda samarali muloqot o`tkazish texnikalari bilan tanishdilar.

 

 

Похожие новости
“Ўзсаноатқурилишбанк”нинг махсус бўлими очилди

09.09.2019

“Ўзсаноатқурилишбанк”нинг махсус бўлими очилди

Муваффақиятли микромолиялаш калити: янада яхши натижаларга эришиш учун бошқариш санъати

11.02.2011

Муваффақиятли микромолиялаш калити: янада яхши натижаларга эришиш учун бошқариш санъати

Kredit uyushmalar faoliyatini takomillashtirishga doir davra suhbati

21.04.2010

Kredit uyushmalar faoliyatini takomillashtirishga doir davra suhbati



Система Orphus