JET: 2025-yilda pulni qayerga tikish afzal – ko‘chmas mulkgami yoki bank omonatigami? Batafsil

Kapitalbankning Uzum Business ilovasi O'zbekiston tadbirkorlarini asosiy xizmatlarni bepul taqdim etish orqali qo'llab-quvvatlaydi

10.01.2024
Mamlakatning yirik xususiy banki Kapitalbank yakka tartibdagi tadbirkorlarga eng talabgir bank xizmatlaridan qo’shimcha xarajatlarsiz foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. Ilovaga 2024 yilning boshidan kirish mumkin.

Biznes mulkdorlari bankda bepul hisob raqami ochishlari, manlag’ o’tkazishi va hisob raqami ochilgandan keyin 6 oygacha komissiya to’lovisiz naqd pul olishlari, shuningdek abonent to’lovi uchun xarajat qilmasliklari va ilovaga erkin kirish doirasida hisob raqamidan foydalanishning butun muddati davomida Uzum Business ilovasi orqali onlayn-banking servis xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

- Butun mamlakat bo’ylab tadbirkorlarda biznes yuritish uchun teng imkoniyatlar va qulay, eng asosiysi - foydali servis xizmatlari bo’lishi kerak, - deydi Kapitalbank Boshqaruvi Raisi Kirill Mayevskiy. 20 yildan ortiq ish faoliyati davomida biz o’n mingdan ortiq namunali mijozlarimizning kompaniyalari qanday o’sganligini ko’rdik va bugungi kunda biz o’z ishini rivojlantirish uchun ilk qadamlarini qo’ygan, korxonaning barcha resurslarini uning rivojlanishi uchun yo’naltirgan tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlashni istaymiz. Uzum Businessning qulay onlayn-servis xizmatlari bilan bizning  biznes - mijozlarimiz na faqat pullarini, balki vaqtlarini ham tejashlari mumkin.

Kapitalbankning “Hammasi uchun 0” ilovasiga quyidagilar kiradi:
- Hisob raqami ochish;
- Abonent to’lovi;
- “Kapitalbank” ATB mijozlariga pul o’tkazish;
- O’zbekiston Respublikasining boshqa banklariga pul o’tkazmalari;
- Jismoniy shaxslarning kartalariga pul o’tkazmalari;
- Korporativ kartalarga pul o’tkazmalari;
- Kassadan naqd pul yechish;
- Uzum Business ilovasidagi masofaviy bank xizmatlariga kirish.

Kapitalbankning yangi mijozlari uchun ilova 2024 yilning 30 iyunigacha amal qiladi. Bank mijozlari hisob raqami ochish uchun sayyor menejer xizmatidan foydalanishlari mumkin. Bank menejeri bilan uchrashish uchun arizani www.business.uzum.uz saytida yoki (+998) 78-148-11-22 telefoni orqali rasmiylashtirish mumkin.


Uzum Business | Kapitalbank ilovasi IOS va Android foydalanuvchilari uchun mavjud. Ilovaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga obuna bo'ling: Telegram | Instagram

Kapitalbank Kapitalbank aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda Kapitalbank ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
O'xshash yangiliklar
Toshkentda Key Tech konferensiyasi bo‘lib o‘tadi: banklar va fintexda moliyaviy texnologiyalar va AI kelajagi haqida

12.06.2025

Toshkentda Key Tech konferensiyasi bo‘lib o‘tadi: banklar va fintexda moliyaviy texnologiyalar va AI kelajagi haqida

Rasmiyatchiliklarsiz diplom himoyasi: Paynet diplomni karyera sari qadamga aylantirmoqda

10.06.2025

Rasmiyatchiliklarsiz diplom himoyasi: Paynet diplomni karyera sari qadamga aylantirmoqda

Pullar qayerga ketadi?

09.06.2025

Pullar qayerga ketadi?



Orphus tizimi