O'zbekistondagi banklarning qo'llab-quvvatlash xizmatlari reytingi Batafsil

“Mikrokreditbank” ATB “Global Money Week” haftaligi doirasida “Noyob bank xizmati” tanlovini e’lon qiladi

26.03.2021
26.03.2021      Ayni kunlarda dunyo boʼylab “Global Money Week” yaʼni “Umumjahon pul haftaligi” oʼtkazilmoqda. Shu munosabat bilan “Mikrokreditbank” АTB ham oʼzining “Noyob bank xizmati” konkursini eʼlon qiladi!         Konkurs shartlari juda oddiy:       - bank tomonidan aholiga koʼrsatilishi mumkin boʼlgan, biroq hozirda amaliyotga joriy qilinmagan noyob va oʼziga xos xizmat turi gʼoyasini oʼylab toping;      - oʼylagan bank xizmat turi gʼoyangizni Word yoki PowerPoint dasturida batafsil (xizmat turining afzalliklari, foydaliligi kabi mezonlarni to`liq aks ettirgan holda) yoriting;      - konkurs uchun bank xizmat turi gʼoyalarini 2021-yil-26 martdan 2021-yil 28-mart kech soat 21:00 ga qadar Telegram messenjeri orqali @mkb_chat_bot manziliga yuboring.     Konkurs 28-mart soat 21:00da oʼz nihoyasiga yetadi. Eng noyob va oʼziga xos boʼlgan bank xizmat turi gʼoyalari “Mikrokreditbank” АTB xodimlaridan iborat tanlov hakamlar hayʼati tomonidan aniqlab olinadilar.       Konkursda gʼolib boʼlgan 3 ta eng yaxshi gʼoya egalari “Mikrokreditbank” tomonidan quyidagi sovgʼalar bilan taqdirlanadilar:       1-oʼrin uchun: smartfon     2-oʼrin uchun: aqlli qoʼl soati     3-oʼrin uchun: simsiz quloqchin        Tanlov gʼoliblarining ismlari 29-mart kuni soat 15:00da eʼlon qilinadi. Konkurs boʼyicha savollar tugʼilsa, bizga telegramdagi @mkb_chat_bot orqali murojaat qiling.  
Mikrokreditbank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Коррупцияга қарши комплаенс-назорат тизими фаолиятини такомиллаштиришга қаратилган семинар

23.08.2021

Коррупцияга қарши комплаенс-назорат тизими фаолиятини такомиллаштиришга қаратилган семинар

cbu.uz

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ МАРКАЗИЙ БАНКИ АХБОРОТИ

20.08.2021

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ МАРКАЗИЙ БАНКИ АХБОРОТИ

cbu.uz

Марказий банк жойларда аёллар молиявий саводхонлигини ошириш бўйича тизимли тадбирларини давом эттирмоқда

20.08.2021

Марказий банк жойларда аёллар молиявий саводхонлигини ошириш бўйича тизимли тадбирларини давом эттирмоқда

cbu.uz



Orphus tizimi