O'zbekiston banklarining eng yaxshi mobil ilovalari reytingi e'lon qilindi. Batafsil

Omonat nima va uni qanday tushunish kerak?

12.01.2021

Omonat nima va uni qanday tushunish kerak?

Omonat – bu pul mablag‘larini bankka ma'lum bir muddatga foizlarga yoki foizsiz joylashtirish.

Omonatning qanday turlari mavjud?

O‘zbekistonda omonatlarning eng keng tarqalgan turlari quyidagilardir:

  • talab qilib olinguncha omonatlar. Ularda pul mablag‘lari uchun qat'iy bir cheklangan muddat mavjud emas va omonatchi istalgan vaqtda o‘z mablag‘larini olishi mumkin. Amaliyotda, talab qilib olinguncha omonatlarning foiz stavkalari boshqa omonat turlarining foiz stavkalariga qaraganda pastroq yoki bo‘lmasa foizsiz bo‘ladi;
  • 01
  • muddatli omonat (ma'lum bir muddat uchun omonatlar - 3, 6, 9 oylik, yillik yoki undan ko‘p). Bunday holda, omonat summasi bank va Siz o‘rtangizda tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan muddat tugagandan so‘ng qaytariladi. Hisoblangan foizlar omonat muddati davrida (har oyda, har chorakda va h.k.) yoki muddat tugagandan so‘ng ham to‘lanishi mumkin;
  • jamg‘arma omonatlar – ushbu omonat turining o‘ziga xos tomoni pul mablag‘larini ma'lum maqsad uchun (o‘qish, mashina, kvartira sotib olish va h.k.) to‘plash va sarflashdir. Omonat ma'lum bir muddatga (odatda uzoq muddatga) qo‘yiladi va uni to‘ldirish imkoniyati mavjud bo‘ladi, bu esa hamma omonat turlarida ham mavjud emas.

Moliyaviy aktiv sifatida omonatning afzalligi nimada?

Muddatli va jamg‘arma omonatlar – nafaqat tejash, balki jamg‘armalarni ko‘paytirishning ishonchli usulidir. Siz bankka ma'lum miqdordagi pulni topshirasiz, bank esa Sizga mablag‘lar saqlangan muddati uchun foizlar to‘laydi.

Masalan, agar yillik 14% inflyatsiya darajasi holatida mablag‘laringizni yillik 18% stavkasida bank omonatiga qo‘ysangiz, Siz o‘z pul mablag‘laringizni nafaqat inflyatsiyadan himoyalaysiz, balki 4% daromad olasiz. Yana bir muhim omil - bu omonatlarning davlat kafolati ostida himoyalanishi.

Eslab qoling! Bankning litsenziyasi chaqirib olingan taqdirda, davlat tomonidan fuqarolarning bankka qo‘ygan omonatlari ularning hajmi va valyutasidan qat'iy nazar to‘liq hajmda qaytarib berilishi kafolatlanadi.

Omonatlar muddati (muddatlilik) nimani anglatadi?

Omonat muddati – bu omonatchi va bank o‘rtasida tuzilgan shartnomada Sizning pul mablag‘laringizni bankda saqlashning belgilangan muddati. Omonat muddati tugagandan so‘ng, bank pul mablag‘larni omonatchiga qaytarishi shart.

Muhim!!! Omonatni muddatidan oldin olganda to‘langan foizlar qaytariladi. Har bir bankda omonatlarni muddatidan oldin olish bo‘yicha o‘z shartlari mavjud va ular bank va Sizning o‘rtangizda tuzilgan shartnomada ko‘rsatiladi

Omonat bo‘yicha foizlar nima degani?

02

Bu bank tomonidan Sizning mablag‘laringiz ishlatilganligi uchun to‘lanadigan pul miqdori. Hisob kitoblarni soddalashtirish uchun yillik foiz stavkasi tushunchasi qo‘llaniladi, ya'ni bank yil davomida omonatchining pulidan foydalanganligi uchun unga berishi lozim bo‘lgan foyda. Omonatingizning miqdori va oydagi kunlar soniga qarab hisoblanadigan foizlar o‘zgaradi.

Foiz hisoblashning qaysi usuli foydaliroq?

Foiz stavkalarning quyidagi turlari mavjud:
Oddiy foiz stavkasi (nominal foiz stavkasi deb ham ataladi)

Oddiy foizlar – bu omonat miqdoriga asoslangan foizlar.

Misol uchun, Siz 2 yillik muddatga yillik 18% stavkasida oddiy foizlarda hisoblash sharti bilan 1 mln. so‘m miqdorda omonat ochdingiz:

  • Bir yildan so‘ng Sizda 1 180 000 so‘m pul bo‘ladi
  • Omonat muddati tugaganda jami mablag‘ 1 360 000 so‘mni tashkil etadi, ya'ni foizlar faqat 1 mln. so‘m uchun hisoblanadi.
Omonat bo‘yicha foizlar (daromad) quyidagi formula asosida hisoblanadi:

(omonat summasi / 100%) * foiz stavkasi * omonat muddati (oylar soni) /12

01
21

Murakkab foiz stavkasi (kapitalizatsiya)

Foizlarni kapitalizatsiya qilish belgilangan davrlarda (oylik, choraklik, yillik) xisoblangan foizlarni omonatning asosiy summasiga qo‘shish demakdir.

Misol uchun, Siz 2 yillik muddatga yillik 18% stavkasida murakkab foizlarda (yillik kapitalizatsiya) hisoblash sharti bilan 1 mln. so‘m miqdorda omonat ochdingiz:

  • Bir yildan so‘ng Sizda 1 180 000 so‘m pul bo‘ladi
  • Ikkinchi yil tugashi bilan Siz 1 392 400 so‘mni olasiz, chunki ikkinchi yilda  18% boshlang‘ich 1 mln. so‘m uchun emas, balki 1 180 000 so‘mga nisbatan qo‘llaniladi
Omonat bo‘yicha foizlar (daromad) quyidagi formula asosida hisoblanadi:

Omonat summasi * (1+ omonat bo‘yicha foiz stavkasi/100%) Omonat muddati (oylar soni)/12 - omonat miqdori

01
17

Bankning rasmiy veb-sayti yoki mobil ilovasidagi Depozit kalkulyatoridan foydalanib, shuningdek bank xodimiga murojat qilib Siz omonatning miqdori, muddati va foizlarni hisoblash usuliga qarab undan keladigan taxminiy foydani aniqlashingiz mumkin.

Muxim! Banklar omonat shartnomasi muddati tugagunga qadar omonat foiz stavkasini va foizlarni hisoblash usulini o‘zgartirish huquqiga ega emas.

Omonatni kim boshqarishi mumkin?

Omonat egasi. Siz o‘z omonatingizni tasarruf etish huquqini shartnomada ko‘rsatilgan uchinchi shaxsga berishingiz mumkin. Bunday ishonchnoma notariusda rasmiylashtiriladi.


Barcha takliflar
Omonatlar
Bank.uz da Omonatlar

28ta O'zbekiston bankidan 262ta noyob taklif.

Bo'limga o'tish
Manba: finlit.uz
O'xshash yangiliklar
«Mikroqarz» nima va uni qanday olish mumkin?

12.01.2021

«Mikroqarz» nima va uni qanday olish mumkin?

finlit.uz

Lizing o‘zi nima?

12.01.2021

Lizing o‘zi nima?

finlit.uz

Markaziy bank

01.08.2020

Markaziy bank

finlit.uz



Orphus tizimi