JET: Qaysi banklar rasmiy daromadsiz eng past foizli mikroqarzlar taqdim etadi? Batafsil

“Kapitalbank” ATB “Visaga foizlar” omonati bo‘yicha stavkani oshirdi

14.08.2023
Endi “Kapitalbank” ATB mijozlari “Visaga foizlar” omonati boʻyicha yillik 22% olishlari mumkin – pul kuniga so'mlik  Visa kartaga  tushadi.


 - Moliyaviy vositalar qulay, tushunarli va, albatta, foydali bo'lishi kerak - va biz nafaqat omonatlar bo'yicha foizlarni oshirdik, balki to'lab berishni olishlar jarayonini ham imkon qadar qulay va tushunarli qildik-, deydi “Kapitalbank” ATB boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy , - Bank ilovasida bir necha daqiqada omonatni ochishingiz mumkin, va u bo'yicha foizlar darhol kartaga tushadi, omonatning to'liq summasini  istalgan vaqtda to'ldirish yoki summaning bir qismini yechib olish imkoni doim mavjud bo'lib qoladi. Bu hatto bank mahsulotlaridan birinchi marta foydalanayotgan va stabil yuqori daromad olishni istaganlar uchun ham qulay.

Omonatni minimal  summasi 1 000 000 so‘m, omonat muddati 25 oy. Foizlar miqdori kuniga o'tgan kun uchun omonat bo'yicha amalda mavjud bo'lgan summadan kelib chiqib hisoblanadi. Foiz stavkasi mijozning iltimosiga binoan har kuni yoki har oyda so'mlik Visa kartasiga to‘lanadi, uni esa O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish bilan bank ilovasida onlayn buyurtma qilishingiz mumkin.


Jismoniy va yuridik shaxslarga omonat  va boshqa takliflar bo'yicha batafsil ma’lumotni bank veb-saytida, shuningdek (+998) 71-200-15-15 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.
Kapitalbank Kapitalbank aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda Kapitalbank ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
O'xshash yangiliklar
TBC Business’dan biznes uchun onlayn kredit — pul shu yerda va hozir kerak bo‘lganda

21.11.2025

TBC Business’dan biznes uchun onlayn kredit — pul shu yerda va hozir kerak bo‘lganda

Endi Uzum Bankda moslashuvchan omonat ochish mumkin

19.11.2025

Endi Uzum Bankda moslashuvchan omonat ochish mumkin

Uzum karta bilan bepul avtobus safarlari

20.11.2025

Uzum karta bilan bepul avtobus safarlari



Orphus tizimi