Xalq banki “Finastra Fusion Risk” negizida xatarlarni hamda bank aktiv va passivlarini boshqarish tizimida avtomatlashtirgan O‘zbekistondagi birinchi bank bo‘ldi.
Bugun Xalq banki tomonidan Xalqaro standart talablariga javob beradigan “FusionRisk dasturiy taʼminotini tatbiq etish” loyihasini amalga oshirish natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumanida Xalq banki Boshqaruv Raisi Farhod Islomovich Salamov, Finastra vakillari va bank xodimlari joriy qilingan tizimning afzalliklari haqida so‘zlab berishdi.
Fusion Risk qatoriga shunday tizimlar kiradiki, ular risk-menejment bo‘yicha boy xalqaro tajribani umumlashtirgan bo‘lib, turli moliyaviy xatarlarni, shu jumladan, butun bank miqyosidagi xatarlarni ham kompleks boshqarish vazifalarini hal qiladi.
Joriy etilgan tizim bankka xatarlarni identifikatsiya qilish, kredit xatari, bozor tavakkalchiligi, likvidlik xatari, foiz stavkalari o‘zgarishi xatari, boshqariluvchi metrik xatarlar (ALM va IFRS-9) va stress-test o‘tkazish kabilarni boshqarish uchun to‘liq funktsiyani taqdim etdi.
Fusion Risk dasturiy taʼminoti Xalq bankidagi biznes jarayonlarini optimallashtirishga imkon beradi, IFRS-9 talablariga muvofiq hisobotlarni tayyorlash uchun vaqt va mehnat xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi.
Bank Axborot xizmati
11.12.2025
So'm pozitsiyalarni tenglashtirdi, ammo salohiyat saqlanib qolmoqda
11.12.2025
Visa Excellence Cup 2025: Visa mukofotlari Octobankning elektron to‘lovlar bo‘yicha yetakchiligini tasdiqladi
24.11.2025
Visa PUBG MOBILE kartasi endi butun O‘zbekiston bo‘ylab mavjud!
Xalq banki O‘zbekistonda birinchi bo‘lib yangi tizimni avtomatlashtirdi