Ekspert haqida
Otabek Nasirov — Markaziy Osiyo Fintex Assotsiatsiyasi raisi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi ekspert kengashi va ishchi guruhlari a’zosi.
Otabek UMAY Angels Club va “TA Ventures” venchur fondi huzuridagi IClub ishtirokchisi hisoblanadi. U mintaqadagi venchur bozorini rivojlantirish yo‘nalishida Venture Capital Association, National Venture Capital Fund (UzVC), Aloqaventures, IT Park Ventures, United Ventures hamda Markaziy Osiyo, Sharqiy Yevropa, Turkiya va MENA hududidagi xalqaro venchur fondlari bilan hamkorlik qiladi.
Uning bilim va tajribasi Coca-Cola, Carlsberg Group, General Motors, Ernst & Young hamda STI Learning kabi xalqaro kompaniyalardagi faoliyati davomida shakllangan. U Shveytsariya, Polsha, O‘zbekiston, Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharq davlatlarida ishlagan.
Toshkent davlat yuridik instituti, Moskva davlat universiteti va “Skolkovo” Moskva boshqaruv maktabi bitiruvchisi.
Central Asian Fintech Association
- Manzil
- 100095, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Tuzel ko‘chasi, 16
- Tashkil etilgan
- 2024
- Sayt
- https://www.linkedin.com/company/central-asian-fintech-association/