|
Min. stavka (%): |
27.49dan - 27.99 % gacha |
|
Miqdor: |
1 318 400 000 So'mgacha |
|
Muddat: |
12 yil |
|
Foizlar to'lovi: |
har oy |
|
Valyuta: |
So'm |
|
Dastlabki to'lov (%): |
от 25 |
|
Imtiyozli davr: |
Bor |
Kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Kredit olish uchun ariza.
2. Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-Karta, istiqomat uchun berilgan guvohnoma va h.k.)
3. Kredit ta’minoti bo’yicha hujjatlar
4. Qarz oluvchi bilan birgalikda turar-joyda roʼyxatdan oʼtgan shaxslar toʼgʼrisidagi quyidagi hujjatlarlardan biri:
a) Qarz oluvchi bilan birgalikda turar joy/kvartirada roʼyxatdan oʼtgan shaxslar toʼgʼrisidagi soʼnggi maʼlumotlarni oʼz ichiga olgan uy kitobi sahifalarining nusxasi. Kredit boʼlimi xodimi uy daftarining tegishli betlaridan nusxa koʼchirib oladi;
b) Ushbu turar joy/kvartirada roʼyxatdan oʼtgan shaxslar toʼgʼrisida ichki ishlar organlarining maʼlumotnomasi;
v) Ushbu turar joy/kvartirada roʼyxatdan oʼtgan shaxslar toʼgʼrisida Davlat xizmatlari markazi yoki www.my.gov.uz rasmiy veb-saytidan olingan maʼlumotlar.
5. Sotuvchining turar-joy binosiga yoki koʼp qavatli uydagi kvartirasiga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi bilan sotiladigan uy-joyning kelishilgan qiymati koʼrsatilgan holda yakka tartibdagi turar-joy binosini yoki koʼp qavatli uydagi kvartirani oldi-sotdi toʼgʼrisidagi dastlabki shartnomasi;
6. Mulkni baholash boʼyicha mustaqil baholovchi tashkilotning hisoboti.
Bank Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchining to’lov qobiliyatini yanada to’liq tahlil etish uchun qo’shimcha hujjatlarni talab qilish huquqini o’zida saqlab qoladi.
Bank faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan 2021-yil 25-dekabrdagi №79-sonli bank operatsiyalarini amalga oshirish litsenziyasi asosida amalga oshiradi.