2014 yil ATB“Qishloq qurilish bank”da “Internet-banking” tizimi mijozlari soni 1 660 tadan ortdi

30.01.2015

Mamlakatimizda “Bank-mijoz”, ”Internet-banking”, “Mobil-banking”, “SMS-banking” kabi bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimlaridan foydalanuvchilar soni tobora ortib bormoqda. 2014 yil yakunlariga ko‘ra ATB “Qishloq qurilish bank”da “Internet-banking” tizimi joriy qilingan mijozlar soni 1 660 tadan, “SMS-banking”bo‘yicha esa 15 200 tadan ortdi.

"Qishloq qurilish bank" aksiyadorlik tijorat banki plastik kartochkalar orqali xizmat sifatini oshirish hamda ularda foydalanishda yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Smart-Vista” va "DUET" plastik kartochkalari foydalanuvchilari uchun “Mobil-banking” tizimini joriy qildi. Bu tizimning asosiy qulayligi shundaki, mijozlarga o‘z uyali aloqa telefoni orqali plastik kartochka hisobvarag‘idan turli to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.Ayni paytda bankda ushbu xizmat turini yanada takomillashtirish, “SMS-To’lov” va “Click” tizimlari asosidagi to‘lovlar turini kengaytirish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Bank axborot xizmati

BRB
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi