2017 yil 31 may kuni Aksiya doirasida sovg’alar o’ynaldi.

01.06.2017

2017 yil 31 may kuni Bosh ofisda 2017 yil 1 maydan VISA xalqaro plastik kartasini ochgan Aksiya ishtirokchilari orasida Sovg’alarning birinchi oraliq o’yini bo’lib o’tdi. Tashkilotchilar o’tkazilayotgan tadbirning oshkora bo’lishini namoyish etishga harakat qilishdi. O’yinga kelgan mijozlar o’z kartalari raqamlarining lotereyada ishtirok etayotganiga shaxsan guvoh bo’lishdi.

Mehmonlarga – o’yin ishtirokchilariga barabanni aylantirish va raqamlar ichidan yutuqli raqamlarni tanlash imkoni berildi. Maishiy texnika o’yinga qo’yilib, bunda Mirobod va Mirzo Ulug’bek tumanlari filiallarining mijozlari omadli bo’lishdi va ular ko’pchilik sovg’alarni yutib olishdi!

Shuni qayd etish lozimki, bironta ham ishtirokchi quruq ketmadi – har bir kishi Bankdan mukofot oldi. Shuni ta’kidlashni xohlardikki, birinchi o’yin quvnoq va qiziqarli tarzda o’tdi.

Navbatdagi oraliq o’yin 2017 yil 30 iyun kuni soat 16:30 da Bankning Bosh ofisida o’tkaziladi.

Eslatib o’tamizki, Aksiya 31 iyulgacha davom etadi, bankning istalgan bo’linmasiga kelib, VISA GOLD yoki VISA CLASSIC kartalarini ochib, sovg’alarni yutib olishga hali vaqt bor! Maishiy texnikadan tashqari 2017 yil 1 avgust kuni Super Sovg’a – Bali oroli (Indoneziya) ga 2017 yil 18 avgustdan 30 avgustgacha “Hammasi qo’shilgan” tizimidagi ikki kishilik sayohat o’yinga qo’yiladi.

Barcha Aksiya ishtirokchilarini keyingi o’yinda kutib qolamiz!

Asia Alliance Bank Bank faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan 2021-yil 25-dekabrdagi №79-sonli bank operatsiyalarini amalga oshirish litsenziyasi asosida amalga oshiradi.
O'xshash yangiliklar
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

23.04.2026

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.



Orphus tizimi