2020-yil 4-dekabr kuni Oʻzsanoatqurilishbankda ochiq eshiklar kuni oʻtkaziladi

24.11.2020
2020-yil 4-dekabr kuni Oʻzsanoatqurilishbankda ochiq eshiklar kuni oʻtkaziladi 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan yurtimizda ilk marta keng koʻlamli “Antikorrupsiya haftaligi” oʻtkazilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, tegishli vazirlik va idoralar hamda xalqaro tashkilotlar hamkorligida oʻtkazilayotgan haftalik doirasida bir qator vazirlik va idoralarda “Ochiq eshiklar kunlari” tadbiri oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Xususan, 2020-yil 4-dekabr soat 10:00 dan 16:00 gacha “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBga ham tashriflar kutilmoqda. Tadbir davomida “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, Bank faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar xususida maʼlumotlar taqdim etiladi. Jurnalist, bloger va aholi Bankda bu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar xususida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishi mumkin boʻladi. Diqqat! Ochiq eshiklar kunida ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali oʻtib, ariza shaklini 2020-yilning 24-noyabridan 30-noyabriga qadar toʻldirib yuborishingiz soʻraladi: Bank Axborot xizmati
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.

QQS to'lovchining ro'yxatdan o'tish kodi:   326030011774

MFO: 00440    
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi