2020 yil yakuni bo‘yicha Aksiyadorlar yillik umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida
2020 yil yakuni bo‘yicha Aksiyadorlar yillik umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida XABARNOMAHurmatli «O‘zsanoatqurilishbank» ATB aksiyadorlari! «O‘zsanoatqurilishbank» ATB Toshkent shahar, Shaxrisabz ko‘chasi, 3 uy manzili bo‘yicha joylashgan, (korporativ veb-sayt: www.sqb.uz, e-mail: info@uzpsb.uz), Sizga 2021yil 29 iyun kuni soat 11-00 da Bank Aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishida qatnashingiz mumkinligini ma'lum qiladi.
YIG‘ILISh KUN TARTIBI:1.
Bank Kengashi va Boshqaruvining yillik hisobotini, bankning rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 2020 yil uchun hisobotlarini eshitish.
2.
Bank Taftish komissiyasining xulosasini eshitish.
3.
Bankning 2020 yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobotini tasdiqlash.
4.
Bank foydasini taqsimlash va har bir Kengash a'zosiga korporativ yil uchun to‘lanadigan mukofot va kompensasiyaning eng yuqori miqdorini belgilash.
5.
2020-2021 korporativ yilida Bank Kengashining o‘z o‘zini hamda alohida Kengash a'zolarini baxolash natijalarini ko‘rib chiqish
6.
Bankda korporativ boshqaruv tizimini 2020 yil yakunlariga ko‘ra o‘tkazilgan mustaqil baholash natijalarini ko‘rib chiqish.
7.
2020 - 2021 korporotiv yilga Bank Kengashi a'zolarining saylash.
8.
2020 - 2021 korporotiv yilga Bank Taftish komissiyasi a'zolarini saylash.
9.
Bank Boshqaruvi Raisi va a'zolari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bir yil muddatga tuzish / uzaytirish.
10.
2020 moliya yili bo‘yicha Bankda tashqi auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun tashqi auditor tashkilotini belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p xaq miqdorini belgilash.
11.
Transformasiya jarayonlari bilan bog‘liq “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
12.
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kengashi a'zolariga nomzodlarni tanlash Nizomi”ni tasdiqlash.
- Aksiyadorlarga yillik umumiy yig‘ilishni o‘tkazilishi haqida xabardor qilish uchun reestrni shakllantirish sanasi: 2021 yil 3 iyun'.
- Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish
huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestri tuziladigan sana: 2021 yil 23 iyun'.
- Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishga oid hujjatlar bilan bankning www.sqb.uz korporativ veb-sayti orqali tanishishingiz yoki info@uzpsb.uz elektron manzili orqali so‘rov yuborishingiz mumkin.
Yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish2021 yil 29 iyun' soat 10 00 da boshlanib
1100 da to‘xtatiladi. Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun:
Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun:
- aksiyador vakili – notarial tasdiqlangan ishonchnoma va pasport bilan;
- yuridik shaxs aksiyador (korxona rahbarlari) shaxsini tasdiqlovchi hujjat - pasport yoki guvohnoma, lavozimga tayinlanganlik to‘g‘risidagi buyruq nusxasi bilan;
- yuridik shaxs aksiyador vakillari ishonchnoma (korxonaning firma blankasida, muhrlangan), shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki guvohnoma) bilan kelishlari lozim;
Murojaat uchun telefon: (78) 120-45-00 IP:13-30; (99894) 711– 13 – 75.
O‘zsanoatqurilishbank
“O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.
2020 yil yakuni bo‘yicha Aksiyadorlar yillik umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida