Bankirlar trening maktabida Xalq bankining hududiy va tuman (shahar) filiallarida faoliyat olib borayotgan bosh buxgalterlar malakasini oshirishga qaratilgan uch kunlik seminar-trening o‘tkazildi.
Seminar-treningda hududiy va tuman (shahar) filiallarining 20 nafar bosh buxgalterlari ishtirok etdi.
— Mazkur o‘quv-kurslari “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankini transformasiya qilish yuzasidan 2020 yilda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha yo‘l xaritasi”ning ijrosini ta’minlashga qaratilgan, — deydi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining Xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish departamenti direktori F. Saydamatova. — Dasturga ko‘ra, o‘quv mashg‘ulotlariga jalb etilgan xodimlar “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki “Buxgalteriya hisob siyosati”ning 2021 yil uchun belgilangan asosiy yo‘nalishlari”, “Tijorat banklarida soliqlar hisobi”, “Bank balansi tahlili. Bankning moliyaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlari”, “Konflikt va stressni boshqarish”, “Tijorat banklarida ish haqi hisobi”, “Tijorat banklarida asosiy vositalar hisobi”, “Davlat xaridlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni” hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosati” mavzularida nazariy bilimlar berildi hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Bank Axborot xizmati
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
2021-yil uchun belgilangan asosiy yo‘nalishlar tushuntirildi