JET: Kartadan kartaga 200 million so'mni komissiyasiz o'tkazish mumkinmi? Batafsil

2023 yilda Kapitalbankning sof foydasi 77%ga oshdi

13.03.2024

2023 yil yakunlariga ko‘ra, mamlakatning eng yirik xususiy banki sof foyda va kredit portfelini deyarli 2 baravar — mos ravishda 77% va 80%ga oshirdi. Shu bilan birga, bank muammoli kreditlar ulushini 1,65% gacha kamaytirib, kredit portfelining sifatini yaxshiladi. 

Bugungi kunda mamlakatning 1,9 milliondan ortiq aholisi va 64 ming tadbirkor va kompaniyalar Kapitalbankga o‘z moliyaviy farovonligi va biznesini rivojlantirishni ishonishadi — o‘tgan yil davomida jismoniy va yuridik shaxslarning depozitlari hajmi 34%ga o‘sdi. 

Bankning 2023 yildagi sof foydasi 1 673,6 mlrd. so‘mni, bankning kredit portfeli esa 29 749 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Jismoniy va yuridik shaxslarning jami depozitlari 33 592 mlrd. so‘mga yetdi. Kapitalbankning o‘z kapitalining rentabelligi 50,8%ni tashkil etdi, taqqoslash uchun, 2022 yilda bu ko‘rsatkich 49,3%ni tashkil etgan edi.

— O‘tgan yil davomida biz bir vaqtning o‘zida ham shaxsiy, ham mamlakatning butun bank sektori doirasida bir nechta rekordlarni o‘rnatdik, — deydi «Kapitalbank» ATB boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy. — Biz uchun asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlarni barqaror ushlab turish va biznes va xususiy mijozlar uchun ishonchli hamkor bo‘lib qolish muhimdir. Hisobot raqamlari ortida mamlakat aholisining moliyaviy savodxonligini oshirish, yangi mahsulotlar va raqamli bank servislarini ishga tushirish bo‘yicha ulkan ishlar turibdi. Va biz o‘zbekistonliklarga farovonlikni oshirish uchun qulay va tushunarli vositalarni taklif qilishda davom etamiz. 

Bugungi kunda butun mamlakat bo‘ylab Kapitalbankning 95 ta filiali va 1150 dan ortiq bankomatlari ishlaydi.  

2023 yilda bank tadbirkorlar uchun yangi servislarni ishga tushirdi: Uzum Business onlayn-banki, bank ofisiga (Toshkent shahrida) tashrif buyurmasdan hisob raqamini ochish, yagona aloqa markazi, maxsus texnika sotib olish uchun kreditlar, shuningdek, jismoniy shaxslar uchun mavjud bo‘lgan onlayn servislar ro‘yxatini kengaytirdi — masalan, siz kredit to‘lovini bank saytida yoki ilovasida amalga oshirishingiz mumkin. 

Natijalar haqida qoʻshimcha maʼlumotni kapitalbank.uz saytidan olishingiz mumkin

Kapitalbank "Kapitalbank" aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda "Kapitalbank ATB" O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
O'xshash yangiliklar
“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

04.07.2024

“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

02.07.2024

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi
Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi



Orphus tizimi