Aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” aholiga qulaylik yaratish maqsadida respublika bo‘ylab 24/7 rejimida, kecha-yu kunduz, xodimsiz uzluksiz xizmat ko‘rsatadigan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tarmog‘ini tobora kengaytirmoqda.

Kuni kecha ana shunday shoxobchalar Samarqand, Urganch, Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlarida ishga tushirildi. Ular zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi bankomatlar, infokiosk qurilmalari bilan jihozlangan.

Yana bir muhim jihati, mazkur shoxobchalarga avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash imkonini beruvchi bankomatlar joylashtirilgan. Ushbu bankomatlar orqali fuqarolar, turistlar kecha-yu kunduz, kunning istalgan vaqtida AQSh dollarini ayirboshlashi mumkin.
Ayni vaqtda bank tizimidagi 24/7 shoxobchalari soni 20 taga yetdi.
“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!
Telegram: https://t.me/QQBANK
Facebook: FB.com/official.qqb.uz
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
24/7 shoxobchalari tarmog‘i kengaymoqda