Visa to‘lov tizimi asosida ishlaydigan Uzum bank kartalari soni 5 milliondan oshdi. Keshbek, Uzum Market buyurtmalariga chegirmalar, jamoat transportida sayohat uchun imtiyozlar, komissiyasiz naqd pul yechib olish va boshqa bonuslar tufayli, atigi bir yil ichida karta bozordagi eng mashhur moliyaviy mahsulotlardan biriga aylandi.
Uzum Bank kartalari har kuni tejashga: xaridlar uchun keshbek olish, Uzum Market va Uzum Tezkor servislaridan foydalanish, arzonlashtirilgan transport to‘lovlari va O‘zbekistonning har qanday banki kartalariga komissiyasiz pul o‘tkazmalarida yordam beradi. 2025 yilda mijozlar 37,2 mln marotaba jamoat transportida sayohat qilishdi va transport keshbeki orqali 46,6 mlrd so‘m tejashdi. Bankomatlardan komissiyasiz foydalanish esa yana 13,5 mlrd so‘m tejash imkonini berdi, kundalik xaridlar esa 11,2 mlrd so‘m keshbek olishni ta’minladi.
— Uzum kartasi millionlab odamlar uchun kundalik moliyaviy vositaga aylandi — xaridlar, pul o‘tkazmalari va shaxsiy hamda oila budjeti boshqaruvi uchun. Maqsadimiz — mamlakat bo‘ylab bank servislarini oson, foydali va qulay qilish, — deydi bank boshqaruvi raisi Svetlana Xe. — Albatta, bunda Uzum ekotizimining infratuzilmasi katta rol o‘ynaydi: Uzum Tezkor va Uzum Market'dagi chegirmalar, butun mamlakat bo‘ylab topshirish punktlarida kartani olish va bir necha daqiqada bo‘lib to‘lash imkoniyati beradi. Bir necha yil oldin Uzum jamoasi mamlakatda elektron tijorat sanoatini tom ma’noda barpo etganidek, bugungi kunda biz fintech xizmatlarini rivojlantirish va ommalashtirishga faol sarmoya kiritmoqdamiz.
Kartani Uzum Bank mobil ilovasi orqali bir necha daqiqada onlayn tarzda rasmiylashtirish va uni eng yaqin Uzum Market buyurtma topshirish punktlaridan olish mumkin, bu ayniqsa hududlar aholisi uchun qulaydir. Shu tariqa zamonaviy fintech yechimlari kichik va chekka aholi punktlariga ham yetib bormoqda. Bugungi kunda karta egalari bepul pul o‘tkazmalari, onlayn va oflayn to‘lovlar, Uzum Nasiya orqali muddatli to‘lov, bonus dasturi va butun mamlakat bo‘ylab 500 dan ortiq bankomatlardan foydalanishlari mumkin.
5 million kartasiga yetishish raqami O‘zbekistonda raqamli moliyaviy yechimlarga bo‘lgan yuqori talabni tasdiqlaydi va Uzum Bankning mamlakatdagi naqdsiz to‘lovlar va zamonaviy bank infratuzilmasini rivojlantirishdagi hissasiga yanada e’tibor qaratilganligini ko‘rsatadi.
Uzum Bank
Uzum Bank — Uzum milliy raqamli ekotizimiga tegishli internet-bank. Uzum Bank yordamida millionlab foydalanuvchilar o‘z pul mablag‘larini boshqaradi: tovarlar, xizmatlar va maishiy to‘lovlarni to‘laydi, xaridlardan keshbek oladi, pul o‘tkazadi va naqd pul yechib oladi. Uzum Nasiya bilan integratsiya bank mijozlariga muddatli to‘lov va mikroqarzlar uchun 25 million so‘mgacha limitdan foydalanish hamda qulay toʻlov qilish imkoniyatini ta’minlaydi, Uzum Market va Uzum Tezkor bilan integratsiya esa Uzum ekotizimiga qarashli servislardan qo‘shimcha bonuslar va afzalliklarni taqdim etadi.
O'xshash yangiliklar
04.03.2026
CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi
26.02.2026
Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda
25.02.2026
TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi
5 million Uzum kartasi: mamlakatdagi eng talabgir bank mahsulotlaridan biri