JET: O‘zbekistonda Binance birjasidan qanday foydalanish mumkin? Batafsil

6 oylik imtiyozli davr bilan yangi uyga ega bo`ling!

16.04.2021
16.04.2021
    Respublikamizning har bir hududida zamonaviy koʼrinishda qad koʼtarayotgan koʼp qavatli uylar yildan yilga koʼpayib bormoqda. Bu esa fuqarolarimizni uy-joy bilan taʼminlashdagi mavjud muammolariga oʼziga xos yechim boʼlmoqda. Chunki yangi xonadon xarid qilish istagida boʼlgan hamyurtlarimizga Mikrokreditbank tomonidan ham qulay shartlarda ipoteka kreditlari ajratilmoqda. 
  Prezidentimizning 2019-yil 28-noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi farmoni asosida bugunga qadar bank tomonidan 135 mlrd.soʼmdan ortiq ipoteka kreditlari ajratildi va natijada 650 dan ortiq oila yangi xonadonga ega boʼldi.
 
     Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan aholining uy-joyga boʼlgan ehtiyojidan kelib chiqib, 2021-yilning 11-mart kuni qabul qilingan “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi farmoni ipoteka kreditlari ajratishda muhim dasturil amal boʼlib xizmat qilmoqda. 
 
    Ushbu farmondan koʼzlangan maqsad ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj oilalarni ijtimoiy va moliyaviy qoʼllab-quvvatlash, xususiy pudrat tashkilotlarini uy-joy qurilishi sohasiga keng jalb etish boʼyicha shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan islohotlarning koʼlamini kengaytirishdan iborat. 
 
   Bank tomonidan ajratilayotgan ipoteka kreditlari qulay shartlarda boʼlib, unga koʼra fuqarolar oʼzlari istagan hududdan ipoteka olishi mumkin. Bundan tashqari birlamchi bozordan 20 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan boshlangich badal barcha xududlarga bir xil 15 foiz shakllantirgan xolda ipoteka krediti ajratilmoqda. 
 
   Аyni paytda barcha xududlarda daromadi yuqori boʼlmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʼlganlarga ipoteka krediti boʼyicha dastlabki badalning bir qismini va dastlabki besh yil mobaynida foiz stavkasining 10 foizlik punktdan oshgan qismini qoplash uchun Oʼzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʼlari hisobidan subsidiyalar ajratilmoqda.
 
   Shuningdek, uy-joy oluvchi fuqorolarga Oʼzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʼlari hisobidan subsidiya toʼlovlari ajratilishi buyicha bir qator oʼzgarishlar amalga oshirildi. Subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining daromadlariga u bilan birga yashamayotgan yaqin qarindoshlarining daromadlari xam kiritilishi mumkin.
 
   Fuqorolar subsidiya olish uchun arizalarni yil davomida topshirishlari mumkin. Uy joy olish uchun subsidiya taqdim etish toʼgʼrisidagi xabarnoma ular berilgan sanadan boshlab 12 oy davomida amal qiladi. 
 
    Qulay shartlardagi ipoteka – oila kelajagi uchun puxta oʼylangan sarmoya hisoblanadi.
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank referens-tashriflar seriyasini davom ettirmoqda

14.02.2025

Kapitalbank referens-tashriflar seriyasini davom ettirmoqda

Svetlana Xe Uzum Bank Boshqaruv raisiga aylanadi

07.02.2025

Svetlana Xe Uzum Bank Boshqaruv raisiga aylanadi

Foreks alifbosi

03.02.2025

Foreks alifbosi



Orphus tizimi