AGROBANK AKSIYADORLARI DIQQATIGA!

07.09.2020

AGROBANK AKSIYADORLARI DIQQATIGA!

“Agrobank” ATB Toshkent shahri Muqimiy ko‘chasi 43-uy manzili bo‘yicha joylashgan, (korporotiv veb-sayt: www.agrobank.uz, e-mail: headoffice@agrobank.uz) Sizga 2020 - yil 29 - sentyabr kuni soat 15:00 da masofadan turib elektron ovoz berish xizmati http://evote.uz/ orqali aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishida qatnashingiz mumkinligini ma’lum qiladi.

YIGʻILISH KUN TARTIBI:

1. Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

2. Yig‘ilish reglamentini tasdiqlash.

3. Bank Kuzatuv kengashiining 2019 - yil faoliyati yakunlari bo‘yicha hisobotini tasdiqlash.

4. Bank Boshqaruvining 2019 - yil yakunlari bo‘yicha va bankni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotini hamda bankning ustuvor vazifalarini tasdiqlash.

5. Bankning 2019 - yil faoliyatini yuzasidan taftish komissiyasining hisoboti va xulosasini ko‘rib chiqish.

6. Bankning 2019 - moliyaviy yil yakuni bo‘yicha yillik hisoboti, buxgalteriya balansi, foyda va zararlar hisobotini tasdiqlash hamda bank foydasini taqsimlash.

7. Bankning 2019 - yil yakunlari bo‘yicha Korporativ boshqaruv tizimini baholash natijasi bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilotining hisoboti va xulosasini tasdiqlash.

8. Bankning 2020 - yil faoliyatini majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdorini belgilash.

9. Bank Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash.

10. Bank Taftish komissiyasi a’zolarini saylash.

11. “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki Kengashi a’zolarini mukofotlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

12. Bank tomonidan affillangan va aloqador shaxslar bilan kelgusida kundalik xo‘jalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlarni ma’qullash.

Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestri tuziladigan sana: 2020 - yil 23 -sentyabr.

Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishiga oid hujjatlar bilan bankning www.agrobank.uz korporotiv veb-saytti orqali tanishishingiz yoki headoffice@agrobank.uz elektron manzili orqali so‘rov yuborishingiz mumkin.

 

Yig‘ilish qatnashchilarini ro'yxatga olish internet tizimi orqali elektron ovoz berish xizmatidan (http://evote.uz/) foydalangan holda 2020 - yil 29 - sentyabr 12-00 da boshlanib 15-00 da to‘xtatiladi.

 

Murojaat uchun telefon: (78) 150-85-12.                                                                                                                                          “Agrobank” ATB Kuzatuv kengashi

Agrobank Agrobank mamlakatimizning barcha hududlarida o’zining muassasalariga ega bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta vilojat boshqarmasi, 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari , 289 ta xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda.
Manba: Agrobank
O'xshash yangiliklar
Moody’s xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank” reytingini tasdiqladi
Moody’s xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank” reytingini tasdiqladi

Bank cho‘ntagingizda: Uzum Media bank ilovalaridan qanday qilib xavfsiz foydalanish haqida aytib berdi
Bank cho‘ntagingizda: Uzum Media bank ilovalaridan qanday qilib xavfsiz foydalanish haqida aytib berdi

“Birinchi” kredit kartasining limiti 100 million so‘mgacha oshirildi

01.04.2024

“Birinchi” kredit kartasining limiti 100 million so‘mgacha oshirildi

Uzsanoatqurulishbank



Orphus tizimi