JET: Qaysi bankda birlamchi bozor uchun eng kam foizli ipoteka kreditlari mavjud? Batafsil

AGROBANK AKSIYADORLARI DIQQATIGA!

26.10.2020

         “Agrobank” ATB bank Kuzatuv kengashining 2020 - yil 16 - sentabrdagi 21/1-sonli majlis bayoniga asosan 2020 - yil 28 - noyabrda 440 724 743 (to‘rt yuz qirq million yetti yuz yigirma to‘rt ming yetti yuz qirq uch) dona egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalar chiqarilganligini hamda 2020 - yil 22 - oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligidan R0226-26 son bilan ro’yxatga olinganligini ma’lum qiladi.

Bir dona aksiyaning sotish narxi 1168 so‘m miqdorida belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuniga asosan 2020 - yil 16 - sentyabr holatiga ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlar ushbu qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalarni o‘zlariga tegishli shu turdagi aksiyalar miqdoriga mutanosib miqdorda belgilangan narxda imtiyozli sotib olish huquqiga ega.

Imtiyozli huquqqa ega bo‘lgan aksiyadorlar aksiyalarni sotib olishi to‘g‘risida o‘zining ismi-sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), o‘zi oladigan aksiyalar soni ko‘rsatilgan yozma shakldagi arizani va haq to‘laganlik to‘g‘risidagi hujjatni bankka (Bosh ofis va bank filiallari orqali) taqdim etish orqali o‘z imtiyozli huquqini to‘liq yoki qisman amalga oshirishlari mumkin.

Imtiyozli huquqni amalga oshirish 2020 yilning 27 oktyabridan boshlab 2020 yil 6 noyabriga qadar qo‘llanilishini ma’lum qilamiz.

26.10.2020y.

Agrobank Agrobank mamlakatimizning barcha hududlarida o’zining muassasalariga ega bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta vilojat boshqarmasi, 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari , 289 ta xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda.
Manba: Agrobank
O'xshash yangiliklar
So'm pozitsiyalarni tenglashtirdi, ammo salohiyat saqlanib qolmoqda

11.12.2025

So'm pozitsiyalarni tenglashtirdi, ammo salohiyat saqlanib qolmoqda

Visa Excellence Cup 2025: Visa mukofotlari Octobankning elektron to‘lovlar bo‘yicha yetakchiligini tasdiqladi

11.12.2025

Visa Excellence Cup 2025: Visa mukofotlari Octobankning elektron to‘lovlar bo‘yicha yetakchiligini tasdiqladi

Visa PUBG MOBILE kartasi endi butun O‘zbekiston bo‘ylab mavjud!

24.11.2025

Visa PUBG MOBILE kartasi endi butun O‘zbekiston bo‘ylab mavjud!



Orphus tizimi