“Agrobank” ATB va “Rosselxozbank”AJ o‘rtasida hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiyaning qishloq xo‘jaligini moliyalashtiruvchi yirik banklari “Agrobank” ATB va “Rosselxozbank” AJ o‘rtasida yaqin hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda.
Xususan, mazkur bank mas’ullari ishtirokida “Fermerlar maktabi”, “Raqamli ekotizim” va “Agrosanoat majmuasining eksport qilishini qo‘llab-quvvatlash” yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba almashishga qaratilgan masofadan turkum tadbirlar o‘tkazildi.
Aloqalarni yanada chuqurlashtirish maqsadida Agrobank va Rosselxozbank o‘rtasida banklararo hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutuvchi memorandum imzolandi.
Memorandum 2021 yil 21 may kuni Moskva shahrida “Rosselxozbank” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Kirill Levin va “Agrobank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari Erkin Kaxorov tomonidan imzolandi.
Muzokaralar davomida investisiya loyihalarini moliyalashtirish, eksport va importni qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligiga bank xizmatlari ko‘rsatishda zamonaviy ekotizimlarni tadbiq etish bo‘yicha joriy imkoniyatlar va o‘zaro hamkorlikda amalga oshiriladigan istiqbolli yo‘nalishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Tomonlar zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda mijozlarga xizmat ko‘rsatish, tashqi savdoni moliyalashtirish, Rossiya va O‘zbekiston rezidentlari o‘rtasida pul o‘tkazmalari va operasiyalar, NTPRo savdo maydonchasi doirasida konversion operasiyalarini amalga oshirish uchun korrespondentlik aloqalari o‘rnatilganligini mamnuniyat bilan qabul qilishdi.
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
23.04.2026
Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.
“Agrobank” ATB va “Rosselxozbank”AJ o‘rtasida hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda