JET: Kartadan kartaga 200 million so'mni komissiyasiz o'tkazish mumkinmi? Batafsil

“Agrobank” ATBning aholi va mijozlarga murojaati

28.07.2020

“Agrobank” ATBning aholi va mijozlarga murojaati

Mamlakatimizda Hukumatimizning qat’iy ko‘rsatmalari asosida koronavirus infeksiyasining oldini olish va unga qarshi kurash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Xalqimiz sog‘ligini asrash yo‘lidagi barcha chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, belgilab qo‘yilgan talablar va tibbiyot ko‘rsatmalariga rioya etish barchamizdan katta mas’uliyat talab qiladi.
Hozirgi kunda Respublikada “COVID-19” bilan kasallanganlar soni 22 mingga yaqinlashayotganligi barchamizni ziyraklikka chaqirib, infeksiyaga qarshi kurashning eng samarali usullardan biri bo‘lgan uyda qolish va o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish, ya’ni o‘ta zaruriy ehtiyoj bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmaslik kasallikdan eng yaxshi himoyadir.
Ayni vaqtda aholining xizmat ko‘rsatish tarmoqlariga tashrif buyurishi ortidan kasallikning yanada faollashayotganligini kuzatishimiz mumkin. Shu bilan birga hech mubolag‘asiz aytish mumkinki, aholi ko‘p murojaat qiladigan sohalardan biri bu banklardir.
Karantin sharoitida aholi va bank mijozlarning oddiy to‘lovlarni amalga oshirish uchun ham banklarga tashrif buyurishlari kasallik tarqalishining ko‘payishiga, tirbandlikning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.

Hurmatli Agrobank mijozlari!
Ushbu murakkab pandemiya jarayonida jamoamiz Sizning sog‘ligingizni asrash va bildirilgan yuksak ishonchingizni qadrlagan holda mas’uliyat bilan ish olib bormoqda.
Xususan, aholi va mijozlarning salomatligini asrash, kasallikning oldini olish maqsadida bank binolari va xizmat ko‘rsatish joylarida doimiy dezinfeksiya tadbirlari bajarilmoqda.
Ta’kidlash zarurki, hozirgi global vaziyatda yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatida kuzatilayotgan iqtisodiy qiyinchiliklarni hisobga olgan holda berilgan kreditlarni karantin davrida muddati uzaytirilib, bank xizmatlarini onlayn rejimda masofadan ko‘rsatish borasidagi ishlar yanada faollashtirildi.

Hurmatli mijoz!
Endilikda Siz, bankka tashrif buyurmasdan “Agrobank Mobile” va “Agrobank Mobile Business” ilovalaridan foydalanib, masofadan turib kommunal to‘lovlar, jarimalar, kredit foizlari, mikroqarzlar, kreditlar olish va boshqa bir qator xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.
Shu bilan birga yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlariga o‘z vaqtida javob berish maqsadida bankning telegramdagi rasmiy boti orqali bildirayotgan fikrlar, takliflar, e’tirozlar yuzasidan masofadan muloqotlar olib borilmoqda.

Qadrli mijozlar, Agrobank mobil ilovalaridan foydalanib ham naqdingizni, ham vaqtingizni tejang eng asosiysi o‘z sog‘ligingizni asrab, bir qator chegirmalar va qulayliklarga ega bo‘ling.
Agar Siz, bank filiallariga tashrif buyurmoqchi bo‘lsangiz, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilishingizni so‘rab qolamiz.

Hurmatli mijoz - uyda qoling, bank xizmatlaridan masofadan foydalaning!

Zero, Sizning sog‘ligingiz - bizning boyligimiz.

Agrobank Agrobank mamlakatimizning barcha hududlarida o’zining muassasalariga ega bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta vilojat boshqarmasi, 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari , 289 ta xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda.
Manba: Agrobank
O'xshash yangiliklar
“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

04.07.2024

“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

02.07.2024

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi
Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi



Orphus tizimi